1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

“Zamonaviy talabalarning tadqiqotlari: mass media nazariyasi, amaliyoti va yangi imkoniyatlari”mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman bölib ötdi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taşkil topganligining 8 yilligi munosabati bilan ötkazilayotgan 4 konferensiyaning uçinçisi — “Zamonaviy talabalarning tadqiqotlari: mass media…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taşkil topganligining 8 yilligi munosabati bilan ötkazilayotgan 4 konferensiyaning uçinçisi — “Zamonaviy talabalarning tadqiqotlari: mass media nazariyasi, amaliyoti va yangi imkoniyatlari” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy anjumani bölib ötdi.

Anjumanda jurnalistika, ommaviy kommunikatsiyalar, raqamli media va zamonaviy axborot texnologiyalari yönalişlarida tahsil olayotgan talabalar, yoş tadqiqotçilar hamda professor-öqituvçilar iştirok etdilar.

Tadbir davomida iştirokçilar tomonidan media nazariyasi va amaliyotining dolzarb masalalari, raqamli platformalarning rivojlanişi, jurnalistikada sun’iy intellektning qöllanilişi, algoritmik jurnalistika, ekologik mavzularni yoritiş, migratsiya jarayonlarining ommaviy axborot vositalaridagi talqini, televideniye va radio sohasidagi transformatsiya jarayonlari hamda internet naşrlarining kontent siyosatiga oid masalalar keng muhokama qilindi.

Bundan taşqari, anjuman doirasida talabalar öz ilmiy tadqiqotlari va innovatsion ğoyalari bilan çiqişlar qilib, oçiq muloqotlar va interaktiv muhokamalar orqali özaro fikr almaşdilar. Ilmiy hamkorlikni rivojlantiriş, zamonaviy media muhitida yangi yondaşuvlarni joriy etiş böyiça taklif va taşabbuslar ilgari surildi.

#uzjoku8yoshda #talabalarfestivali

Manba: Telegram