
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 8 yillik yubileyi munosabati bilan ötkazilgan 4 konferensiyaning törtinçisi: “ÖzJOKU — insonlar va bilimlar uçraşadigan maskan” şiori ostida…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 8 yillik yubileyi munosabati bilan ötkazilgan 4 konferensiyaning törtinçisi: “ÖzJOKU — insonlar va bilimlar uçraşadigan maskan” şiori ostida “Matbuot renessansi: an’ana, işonç va zamonaviylik” mavzusidagi talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bölib ötdi.
Anjumanda jurnalistika, ommaviy kommunikatsiyalar va raqamli media yönalişlarida tahsil olayotgan talabalar, yoş tadqiqotçilar hamda professor-öqituvçilar iştirok etdilar.
Tadbir davomida “Matbuot renessansi” ğoyasi doirasida zamonaviy axborot makonida işonçli kontentning kamayib borişi, axborot tezligi va haqqoniyligi örtasidagi muvozanat, bosma va raqamli ommaviy axborot vositalarining bugungi holati, jamoatçilik işonçini mustahkamlaş masalalari hamda milliy media makondagi yangi tendensiyalar keng muhokama qilindi. Şuningdek, an’anaviy jurnalistika merosi va uning zamonaviy media tizimidagi örni yuzasidan ilmiy tahlillar olib borildi.
Konferensiya davomida iqtidorli talabalar tomonidan milliy jurnalistika tarixi, raqamli transformatsiya, auditoriya işonçi, mediasavodxonlik hamda zamonaviy kommunikatsiya muammolariga bağişlangan ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. Iştirokçilar tomonidan dolzarb muammolar yuzasidan fikr almaşilib, ilmiy va amaliy yeçimlar böyiça takliflar bildirildi.
Şuningdek, tadbir yakunida bir qator nominatsiyalar böyiça ğoliblar:
🧠“Eng kreativ mavzu”
🧠“Eng yaxşi taqdimot”
🧠“Eng yaxşi tahlil” yönalişlari böyiça taqdirlandi. Şuningdek, konferensiya doirasida “Minbar” talabalar jurnali hamda “Студенческая жизнь” talabalar gazetasining bayram soni taqdimoti ham ötkazildi.
#uzjoku8yoshda #talabalarfestivali
Manba: Telegram


