1. Boş sahifa
  2. Kelajakka qadam

Kelajakkaqadam

Oliy ta’lim bitiruvçilarini işga joylaştiriş, biznes boşlaş va kasbiy rivojlanişiga kömaklaşuvçi dastur. Törtta imtiyozli kredit va bitta kasbga tayyorlaş yönalişi.

  • 4 + 1imtiyozli kredit va kasb dasturi
  • MB + 1%barça kreditlar foizi
  • $100 mlndastur resursi
20 mlnIlk qadam
300 mlnBiznes start
2 mlrdBiznes progress
10 mlrdTalaba invest
5 BHM/oyBirinçi kasbim

Dastur nima beradi

Uç yönalişdagi imkoniyat

Biznesni boşlaş va kengaytiriş

Ğoyani imtiyozli kredit bilan real loyihaga aylantiriş.

Kasb egallaş va malaka oşiriş

Bitiruvçilarni kasbga tayyorlaş, stipendiya va xorijdagi qisqa kurslar.

Yangi iş örinlari

Yoşlarni işga olgan korxonalarga arzon kredit.

Beşta yönaliş batafsil

NBU kredit şartlari

2-yönaliş

Biznes start

300mln söm gaça

Biznes könikmasi bor, YaTT yoki yuridik şaxs sifatida mustaqil biznes boşlamoqçi bölgan bitiruvçi va yoşlar

Foiz
MB asosiy stavkasi + 1%
Muddat
Asosiy vositalar: 60 oy · Aylanma mablag‘: 36 oy
Imtiyozli davr
Asosiy vositalar: 12 oy · Aylanma: 6 oy
Ta’minot
100 mln gaça: suğurta polisi · 100 mln dan yuqori: likvid garov
Şartlar
  • OTMni bitirganiga 5 yildan oşmagan
  • Ariza kunida 18–31 yoş
  • Salbiy kredit tarixi bölmasligi
Stop-omil
Salbiy kredit tarixi; muddati ötgan qarz

Barça kreditlar foizi: Markaziy bank asosiy stavkasi + 1%. Manba: Rekonstruksiya va taraqqiyot jamğarmasi. Umumiy stop-omillar: salbiy kredit tarixi va muddati ötgan qarzdorlik.

Kredit miqdori va muddati

Summalar logarifmik şkalada: har bir çiziq oldingisidan 7–15 baravar katta.

10 mln100 mln1 mlrd10 mlrdTadbirkorlikka ilk qadam18 oygaça · 6 oy imtiyoz20 mln sömBiznes start60 oygaça · 12 oy imtiyoz300 mln sömBiznes progress84 oygaça · 24 oy imtiyoz2 mlrd sömTalaba invest84 oygaça · 24 oy imtiyoz10 mlrd söm

Qaysi mahsulot sizga mos?

Rasmiy şartlar böyiça taxminiy saralaş. Yakuniy qarorni bank qabul qiladi.

Natija

Biznes startMos keladi · 300 mln sömgaça; 100 mln dan yuqorisi garov bilan
Mening birinçi kasbimMos keladi · Stipendiya va xorijiy kurslar — universitet markaziga murojaat qiling
Tadbirkorlikka ilk qadamMos emas · Özini özi band qilganlar uçun
Biznes progressMos emas · Faoliyatini kengaytirayotganlar uçun
Talaba investMos emas · Yoşlarni işga olgan korxonalar uçun

Qayerga murojaat qiliş kerak

Dastur har bir OTM qoşidagi “Kelajakka qadam” markazi va Özmilliybank filiallari orqali işlaydi. Universitetingizni kiriting: ma’lum bölsa, markaz kontaktini körsatamiz; bölmasa, qayerdan boşlaşni aytamiz.

Kiritgan nomingiz faqat şu brauzerda saqlanadi.

Universitetingizni kiriting

Röyxatda 7 ta OTM böyiça tasdiqlangan kontaktlar bor. Boşqa OTM yozsangiz, umumiy yöriqnoma çiqadi.

  1. 1 → OTM markaziMentor, biznes reja, kurslar, amaliyot tölovi
  2. 2 → NBU filialiAriza, hujjatlar, kredit qarori
  3. 3 → Aloqa markazi1344 · +998 78 148-00-10

Kredit oliş tartibi: ğoyadan qaytarişgaça

Uç bosqiç, töqqiz qadam. Mahsulotni tanlang, söng qadamni bosib, kim nima qilişi, qança vaqt ketişi va qaysi hujjat kerakligini köring.

Mahsulot:
  1. Tayyorgarlik
  2. Ariza va qaror
  3. Moliyalaş va qaytariş
1-qadam · Tayyorgarlik

Özingizni tekşiring

Siz1–2 kunBiznes start

Ariza kunida 18–31 yoş. OTMni bitirganingizga NBU böyiça 5 yildan, qaror matni böyiça 3 yildan oşmagan bölişi. Salbiy kredit tarixi va muddati ötgan qarz bölmasligi.

Kerakli hujjatlar

  • Pasport
  • Diplom

Salbiy kredit tarixi barça mahsulotlar uçun stop-omil. Ariza berişdan oldin kredit tarixingizni tekşirib oling.

Biznes start: kredit hayot sikli (oy)012243648607284Asosiy vositalar60 oyAylanma mablag‘36 oy

imtiyozli davr — faqat foiz · asosiy qarz + foiz

Raqamlarda “Kelajakka qadam”

PQ-61 va unga 2025-yil 3-noyabrda PQ-328 bilan kiritilgan özgarişlar, hamda 2026-yil fevraldagi rasmiy natijalar.

$100 mln

Rekonstruksiya va taraqqiyot jamğarmasidan ajratilgan resurs

$80 mln kredit $20 mln grant

8 bank

Dastur operatori — Özmilliybank. Qolganlari: Sanoatqurilişbank, Asakabank, Xalq banki, Mikrokreditbank, Agrobank, Turonbank, Biznesni rivojlantiriş banki

15 ming

yoş öz biznesini boşladi va 50 ming kişi iş bilan ta’minlandi (2025-yil, “Yoşlar biznesi” bilan birga)

1 mlrd

sömgaça grant — eng yaxşi startaplarga, kamida 2 bitiruvçini işga oliş şarti bilan

10 BHM

gaça oylik tölov — amaliyot (stajirovka) xarajatlari uçun; mablag‘ bank orqali OTMga ötkaziladi

600 ming

yoş har yili mehnat bozoriga çiqadi; 2030-yilga borib bu 1 mln ga yetişi kutilmoqda

Iş beruvçilar uçun alohida liniya (boşqa banklarda)

Bitiruvçilarni işga oladigan kiçik va örta biznes uçun: 5 mlrd sömgaça, 7 yilgaça, 2 yil imtiyozli davr, foiz MB stavkasi + 4%. Har 1 mlrd söm kreditga kamida 1 bitiruvçi işga olinadi va şartnoma 2 yil saqlanadi. Masalan, Mikrokreditbank va Biznesni rivojlantiriş banki şunday mahsulot taklif qiladi.

Köp söraladigan savollar

Javob topilmasa, universitetingizdagi markaz yoki NBU aloqa markaziga murojaat qiling.

NBU aloqa markazi1344+998 78 148-00-10
Mos mahsulotni tekşiriş
Barça talabalarga kredit beriladimi?

Yöq. PQ-61 asosida asosan bitiruvçilarga beriladi. ÖzMU ma’lumotiga köra, joriy yil va ötgan yil (joriy yil avgustigaça) bitiruvçilari uçun amal qiladi.

Garov kerakmi?

20 mln va 100 mln sömgaça bölgan kreditlarda suğurta polisi yetarli. 100 mln dan yuqori kreditlarda likvid garov, “Biznes progress” va “Talaba invest”da esa kredit summasining 125% miqdorida likvid garov talab qilinadi.

“Talaba invest”da qanday xavf bor?

Işga olingan bitiruvçi bilan mehnat şartnomasi 2 yil içida bekor qilinsa va 1 oy içida örniga boşqa yoş olinmasa, foiz tijorat stavkasiga ötkaziladi. Loyiha taşabbuskori kamida 30% uluş bilan qatnaşişi kerak.

Amaliyot davrida pul tölanadimi?

“Mening birinçi kasbim” doirasida malaka oşiriş davrida oyiga 5 BHM gaça stipendiya va çet eldagi qisqa kurslar uçun 50 BHM gaça mablag‘ közda tutilgan. Batafsil ma’lumotni universitetingizdagi markazdan oling.