Umumiy qoidalar
Uşbu siyosat Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rasmiy saytiga (keyingi örinlarda — sayt) tegişli. Şaxsga doir ma’lumotlar Özbekiston Respublikasining “Şaxsga doir ma’lumotlar töğrisida”gi Qonuniga muvofiq işlanadi.
Saytni köriş uçun röyxatdan ötiş şart emas. Ism, telefon raqami yoki elektron poçtani faqat formalardan birini töldirganingizda olamiz.
Formalar orqali yuboriladigan ma’lumotlar
Rektorga murojaat, korrupsiyaga qarşi murojaat, aloqa, tadbirga röyxatdan ötiş, vakansiyaga ariza, psixologga yoziliş, talabalar kengaşi va yaşil ğoya formalari siz kiritgan ma’lumotlarni oladi: F.I.O, telefon, elektron poçta, tuğilgan sana, fakultet yoki guruh va xabar matni (har bir formada maydonlar har xil).
- Ma’lumotlar universitet serveridagi bazada saqlanadi. Ularni faqat murojaatni körib çiqişga ruxsati bor xodimlar köradi.
- Suiiste’molning oldini oliş uçun yuboriş vaqtida IP manzilingiz va brauzeringiz nomi ham yoziladi.
- Yangi murojaat haqida xodimlarning Telegram guruhiga xabar boradi. Unda faqat murojaat raqami, mavzusi va körib çiqiş havolasi böladi, şaxsiy ma’lumotlaringiz yuborilmaydi.
- Ma’lumotlar sotilmaydi va reklama uçun işlatilmaydi. Uçinçi şaxslarga faqat qonunda belgilangan hollarda beriladi.
Telegram murojaat boti
@jmcu_performance_bot boti tilni va talaba yoki xodim ekaningizni söraydi. Talabadan F.I.O, fakultet va guruh, xodimdan HEMIS’dagi xodim ID raqami va murojaat qilinadigan bölim söraladi. Bot Telegram ID va foydalanuvçi nomingizni ham saqlaydi, çunki javob şu orqali yuboriladi.
- Murojaat (F.I.O, fakultet va guruh yoki iş joyi va bölim, matn, fayllar) universitet bazasida saqlanadi va şu fakultet yoki bölimning xodimlar Telegram guruhiga töliq yuboriladi, çunki javob öşa yerdan beriladi. Öz guruhi bölmagan fakultet va bölimlarning murojaatlari universitetning umumiy xodimlar guruhiga tuşadi.
- Xodim ID raqami faqat universitet xodimi ekaningizni HEMIS tizimidagi ma’lumotlar bilan soliştiriş uçun söraladi. Raqamning özi bazada saqlanmaydi: HEMIS’dan olinadigan xodimlar röyxatida ham u faqat şifrlangan (HMAC) körinişda turadi.
- ID töğri bölsa, F.I.O, iş joyingiz va lavozimingiz HEMIS’dan olinadi. Boşqa xodim nomidan kirişning oldini oliş uçun sutkasiga 5 martagaça tekşiriş mumkin.
- ID’ni bilmasangiz yoki u topilmasa, qölda tasdiqlaşni söraşingiz mumkin. Bunda F.I.O, siz yozgan iş joyi, oxirgi kiritgan ID’ingiz va Telegram profilingizga havola xodimlar guruhiga yuboriladi. Kiritilgan ID serverda sörov körib çiqilgunça, köpi bilan 14 kun vaqtinçalik xotirada turadi. Telegram guruhidagi xabarni guruh xodimlari öçirişi mumkin.
- Murojaat hal qilingaç, javobni 1 dan 5 gaça baholaşingiz mumkin. Baho va past bahoga yozgan izohingiz murojaat bilan birga saqlanadi va şu bölimning Telegram guruhiga yuboriladi.
- Dars jadvali uçun bot talabani HEMIS’dagi öquv guruhiga, HEMIS ID bilan tasdiqlangan öqituvçini esa HEMIS jadvalidagi darslariga boğlaydi. Ertalabki jadval va eslatmalarni jadval tagidagi tugma bilan öçirişingiz mumkin.
- Sayt yangiliklari faqat özingiz obuna bölsangiz yuboriladi. Obunani istalgan vaqtda bekor qilişingiz mumkin.
- Bölim guruhlariga yuborilgan e’lonlarda «Tanişdim» tugmasini bosgan xodimning ismi saqlanadi va universitet rahbariyati guruhiga körsatiladi.
Taşriflar statistikasi
Saytning pastida va boşqaruv panelida körsatiladigan taşriflar sonini özimiz hisoblaymiz. Har bir sahifa oçilganda serverga quyidagilar yuboriladi: sahifa manzili, saytga qaysi saytdan ötganingiz va anonim taşrifçi kodi.
- IP manzil böyiça faqat mamlakat aniqlanadi. IP manzilning özi statistikada saqlanmaydi.
- Qurilma turi, brauzer, operatsion tizim, sayt tili va soat böyiça faqat umumiy sonlar yiğiladi.
- Taşrifçi kodi tasodifiy qiymat. Serverda uning şifrlangan (xeş) körinişi saqlanadi, undan sizni aniqlab bölmaydi.
- Kunlik yozuvlar 400 kundan keyin avtomatik öçiriladi.
Cookie fayllar
Cookie — sayt brauzeringizga yozadigan kiçik matnli fayl. Sayt quyidagi cookie fayllardan foydalanadi:
| Nomi | Kimniki | Maqsadi | Muddati |
|---|---|---|---|
| uzj_vid | UzJoku | Taşrifçilarni anonim sanaş: qaytib kelgan kişi bir marta hisoblanadi | 400 kun (har taşrifda yangilanadi) |
| _ga, _ga_* | Google Analytics | Saytdan foydalaniş statistikasi (Google Analytics 4) | 2 yilgaça |
| cms_preview | UzJoku | Faqat muharrirlar uçun: e’lon qilinmagan sahifani oldindan köriş | 30 daqiqa |
Maxsus imkoniyatlar sozlamalari (şrift ölçami, kontrast) va sahifalardagi ayrim tanlovlar cookie emas, brauzeringiz xotirasida (localStorage) saqlanadi va serverga yuborilmaydi.
Cookie fayllarni brauzer sozlamalarida öçirib qöyişingiz yoki tozalaşingiz mumkin. Sayt ularsiz ham töliq işlaydi, faqat taşriflar statistikasi aniqligi kamayadi.
Uçinçi tomon xizmatlari
Sayt Google Analytics 4 xizmatidan foydalanadi. U sahifalar körilişi va qurilma haqidagi ma’lumotlarni Google LLC serverlariga yuboradi. Google ma’lumotlarni öz qoidalariga köra işlaydi: policies.google.com/privacy.
“Binolar va markazlar” va “Öquv binolari” sahifalarida Yandex Xaritalar joylaştirilgan. Ularni oçganingizda Yandex öz cookie fayllarini yozişi mumkin.
Xavfsizlik
Saytga ulaniş HTTPS orqali şifrlanadi. Formalar captcha bilan himoyalangan. Saytni skaner qiladigan, haddan taşqari köp sörov yuboradigan dasturlar va sun’iy intellekt botlarining IP manzillari avtomatik bloklanadi. Server jurnallari xavfsizlik uçun saqlanadi.
Sizning huquqlaringiz
Siz universitetda saqlanayotgan şaxsiy ma’lumotlaringiz haqida söraş, ularni tuzatiş yoki öçirişni talab qiliş huquqiga egasiz. Buning uçun murojaat raqamini körsatib, bizga yozing:
- Elektron poçta: info@jmcu.uz
- Telefon: +998 71 207-09-06
- Manzil: 100017, Toşkent ş., Markaz-5, 88-uy
Siyosat özgarsa, yangi matn şu sahifada e’lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi.