Tegajoğlik
Jinsiy mazmundagi gap-sözlar, işoralar, xabarlar, istalmagan jismoniy yaqinlik.
Ilmiy faoliyat
Madaniy-ma’rifiy faoliyat
Moliyaviy faoliyat
Doktoranturaga qabul
PhD va DSc dasturlari, kvotalar va hujjatlar röyxati.
Xorijliklar
43 ta hamkor, 10 ta xorijiy davlat
Interaktiv xaritada köring.
Boşqa
Ariza qabuli boşlanişiga
199 kun qoldi · 15-iyun – 20-avgust
Murojaatlar
Iş örinlari
Siz himoyalangansiz
Tazyiq yoki zöravonlik haqida: 1006 yoki @himoya_otv_bot. Murojaat maxfiy körib çiqiladi.
Siz himoyalangansiz. Jim turmang.
Agar ta’lim olayotgan yoki işlayotgan oliygohingizda sizga nisbatan biror körinişda tegajoğlik, tazyiq yoki zöravonlik sodir etilgan bölsa, şunday tahdid ostida bölsangiz yoki bunga guvoh bölsangiz — ikkilanmay murojaat qiling.
Quyidagilardan biri sizga yoki boşqa birovga nisbatan sodir bölsa, bu murojaat qiliş uçun asos böladi.
Jinsiy mazmundagi gap-sözlar, işoralar, xabarlar, istalmagan jismoniy yaqinlik.
Imtihon, baho yoki lavozim evaziga noqonuniy şaxsiy talablar qöyiş.
Jinsiga qarab stipendiya, iş, loyiha yoki imkoniyatdan mahrum qiliş.
Ijtimoiy tarmoqlarda tahqirlaş, qörqitiş, şaxsiy rasm yoki ma’lumotlarni tarqatiş bilan tahdid.
Muntazam kamsitiş, qörqitiş, jamoadan ajratib qöyiş, haqoratlaş.
Har qanday kuç işlatiş yoki şunga tahdid qiliş.
Murojaat bir neça daqiqa vaqt oladi.
1006 raqamiga qönğiroq qiling yoki @himoya_otv_bot orqali yozing.
Nima, qaçon, qayerda sodir bölgani va kim iştirok etganini yozing.
Xabarlar skrinşotlari, audio, guvohlar — bor bölsa ilova qiling. Bölmasa ham murojaat qiliş mumkin.
Murojaatingiz körib çiqilib, siz bilan boğlanişadi.
Maxfiylik. Murojaatingiz maxfiy körib çiqiladi. Murojaat qilgani yoki guvohlik bergani uçun heç kim ta’qib qilinişi yoki jazolanişi mumkin emas.
Qonunçilikka köra, tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan şaxs quyidagilarga haqli:
Töliq matnlar Qonunçilik ma’lumotlari milliy bazasida (lex.uz).
Murojaat qilişdan oldin odatda şu savollar tuğiladi.
Yöq. Murojaatingiz maxfiy körib çiqiladi. Şaxsiy ma’lumotlaringiz sir saqlanişi qonun bilan kafolatlangan huquqingizdir.
Ha. Tazyiq yoki zöravonlikka guvoh bölsangiz ham ikkilanmay murojaat qiling. Guvohlik bergani uçun heç kim ta’qib qilinişi yoki jazolanişi mumkin emas.
Xabarlar skrinşotlari, audio yoki guvohlar bölsa, ularni ilova qiling. Bölmasa ham murojaat qiliş mumkin: nima, qaçon, qayerda sodir bölgani va kim iştirok etganini yozing.
Murojaat qilgani yoki guvohlik bergani uçun heç kim ta’qib qilinişi yoki jazolanişi mumkin emas. Şu sababli murojaatingiz bahongiz yoki işingizga ta’sir qilmasligi kerak. Ta’lim oliş va işlaşda teng imkoniyatlarga ega böliş ham sizning huquqingiz.
1006 raqamiga qönğiroq qiling yoki @himoya_otv_bot Telegram botiga yozing. Murojaatingiz maxfiy körib çiqiladi va siz bilan boğlanişadi.
Yöq. Tazyiq, kamsitiş yoki zöravonlikka duç kelgan yoki guvoh bölgan har bir kişi murojaat qilişi mumkin. Qonun xotin-qizlar va erkaklar uçun teng huquq hamda imkoniyatlarni kafolatlaydi.
Bevosita muassasa içida ham murojaat qilişingiz mumkin.