
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taşkil etilganining 8 yilligi munosabati bilan ötkazilayotgan konferensiyalar turkumining ikkinçisi — PR va menejment fakulteti Töğon va Qudrat…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti taşkil etilganining 8 yilligi munosabati bilan ötkazilayotgan konferensiyalar turkumining ikkinçisi — PR va menejment fakulteti Töğon va Qudrat Ernazarovlar nomidagi Jamoatçilik bilan aloqalar kafedrasi tomonidan “Kommunikatsiya arxitektorlari: kelajakda PR yoşlar nigohida” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya taşkil etildi.
Konferensiyada universitet professor-öqituvçilari, soha mutaxassislari, tadqiqotçilar, magistrantlar hamda talabalar iştirok etdi. Tadbir davomida PR va strategik kommunikatsiya, media menejment, raqamli imij yaratiş, ijtimoiy tarmoqlarda brend kommunikatsiyasi hamda yoşlar auditoriyasi bilan işlaşning zamonaviy usullariga oid ma’ruzalar tinglandi.
Şuningdek, yoş tadqiqotçilar tomonidan kommunikatsiya va jamoatçilik bilan aloqalar sohasidagi innovatsion loyihalar, media taşabbuslar hamda kreativ PR yeçimlari taqdim etildi. Iştirokçilar zamonaviy kommunikatsiya jarayonlarida yoşlarning örni, kreativ fikrlaş va innovatsion yondaşuvlarni rivojlantiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.
Konferensiya yakunida faol iştirokçilar sertifikat va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi!
Manba: Telegram


