1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda Karyera kuni!

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Yoşlar kuni munosabati bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Karyera kuni”, “Workshop”, şuningdek, “Kelajakka qadam” umummilliy dasturi doirasida böş iş örinlari yarmarkasi…

Yoşlar kuni munosabati bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Karyera kuni”, “Workshop”, şuningdek, “Kelajakka qadam” umummilliy dasturi doirasida böş iş örinlari yarmarkasi bölib ötdi.

Tadbir Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda “Özmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi hamkorligida taşkil etildi.

Yarmarkada iş beruvçi sifatida 100 dan ortiq taşkilot vakillari iştirok etdi. Ular orasida davlat va xususiy OAV, vazirlik va idoralarning axborot xizmatlari, yirik işlab çiqariş korxonalari hamda korporativ sektor vakillari bor edi.

Rasmiy oçiliş marosimini ÖzJOKU rektori, professor, fan doktori Şerzodxon Qudratxöja, Yunusobod tumani hokimi Abrorxöja Saidaliyev, şuningdek, Milliy gvardiya Markaziy apparati boşqarma boşliği, podpolkovnik Farxod Mulayev olib bordi.

Tadbir davomida zamonaviy media muhitning jadal rivojlanişi şaroitida, yangi texnologiyalar va raqamli platformalar ta’sirida mutaxassislardan yuqori darajadagi moslaşuvçanlik va kreativlik talab etilişi ta’kidlandi. Şu nuqtayi nazardan, bunday yarmarkalar yoşlar uçun muhim ahamiyatga ega bölib, media sohasi yetakçilari bilan bevosita muloqot qiliş, kasbiy yönalişni belgilaş va karyera istiqbollarini örganiş imkonini beradi.


Yarmarkaning asosiy maqsadi zamonaviy bilim, könikma va kreativ fikrlaşga ega yoş jurnalistlar, muharrirlar va tahlilçilarni aniqlaşdan iborat böldi. Şuningdek, media sohasiga turdoş yönalişlar — iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, fan, san’at va madaniyat mutaxassislarini jalb etiş zarurligi alohida qayd etildi.


Tadbir doirasida yetakçi OAV taqdimotlari, soha mutaxassislarining mahorat darslari, şuningdek, dolzarb mavzulardagi muhokamalar taşkil etildi. Xususan, jurnalistik materiallarni tayyorlaşda tadqiqotlarning örni va sun’iy intellektdan foydalaniş istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Uşbu yarmarka talabalar va bitiruvçilar uçun nafaqat iş topiş, balki öz salohiyatini namoyon etiş va professional muhitga kirib boriş uçun ham muhim maydon böldi.


Yarmarkada iştirok etgan, talabalar uçun yangi iş örinlari yaratilişiga hissa qöşgan hamda kelajak kasbini tanlaş va öz salohiyatini röyobga çiqariş uçun keng imkoniyatlar yaratgan barça ommaviy axborot vositalari vakillari, media sohasi mutaxassislari, vazirlik va idoralar matbuot xizmatlari xodimlariga minnatdorlik bildiramiz. Ularning qöllab-quvvatlaşi va hamkorligi yoşlarning kasbiy rivojlanişi hamda kelajak sari işonç bilan qadam taşlaşi uçun katta ahamiyatga ega.

(Fotolavha, 2-qism)

1 / 9

Manba: Telegram