1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

ÖzJOKUda Karyera kuni!

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Yoşlar kuni munosabati bilan, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Karyera kuni”, “Workshop” hamda “Kelajakka qadam” umummilliy dasturi doirasida böş iş örinlari mehnat yarmarkasi…

Yoşlar kuni munosabati bilan, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Karyera kuni”, “Workshop” hamda “Kelajakka qadam” umummilliy dasturi doirasida böş iş örinlari mehnat yarmarkasi bölib ötdi.

Mazkur tadbir Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Özmilliybank” AJ “Kelajakka qadam” markazi hamkorligida taşkil etildi.

Yarmarkada iş beruvçi sifatida 100 dan ortiq taşkilot vakillari iştirok etdi. Ular safida davlat va xususiy OAVlar, vazirlik va idoralarning axborot xizmatlari, yirik işlab çiqaruvçi korxonalar hamda korporativ sektor vakillari örin oldi.

Tadbirning rasmiy oçiliş marosimini ÖzJOKU rektori prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja, Yunusobod tuman hokimi Abrorxöja Saidaliyev, Milliy Gvardiya Markaziy devoni boşqarma boşliği, podpolkovnik Farxod Mulayev öz nuqtlari bilan boşlab berişdi.

Tadbir davomida zamonaviy media-muhitning jadal rivojlanişi, yangi texnologiyalar va raqamli platformalarning ta’siri ostida sohada mutaxassislardan yuqori darajadagi moslaşuvçanlik va ijodkorlik talab etilişi ta’kidlandi. Şu jihatdan, bunday yarmarkalar yoşlar uçun media sohasi yetakçilari bilan bevosita muloqot qiliş, kasbiy yönalişini aniqlaş hamda iş imkoniyatlarini örganişda muhim ahamiyat kasb etadi.


Yarmarkaning asosiy maqsadi — zamonaviy bilim va könikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan yoş jurnalistlar, muharrirlar va tahlilçilarni kaşf etişdan iborat böldi. Şuningdek, iqtisodiyot, axborot texnologiyalari, fan, san’at va madaniyat kabi turdoş yönalişlar mutaxassislarini media sohasiga jalb etiş zarurligi ham alohida qayd etildi.

Tadbir doirasida yetakçi OAVlar taqdimotlari, soha mutaxassislari tomonidan mahorat darslari hamda dolzarb mavzular yuzasidan muhokamalar taşkil etildi. Xususan, jurnalistik materiallarni tayyorlaşda tadqiqotning örni va sun’iy intellektdan foydalaniş istiqbollari e’tibor markazida böldi.

Mazkur yarmarka talabalar va bitiruvçilar uçun nafaqat iş topiş, balki öz salohiyatini namoyon etiş va professional muhitga kirib boriş uçun muhim platforma vazifasini ötadi.


Mehnat yarmarkasida iştirok etib, talabalarga yangi iş örinlarini topiş, kelajak kasblarini töğri tanlaş hamda öz salohiyatlarini sinab körişlari uçun keng imkoniyat yaratgan, şuningdek, körgazmada faol qatnaşgan barça ommaviy axborot vositalari vakillari, media sohasi mutaxassislari, vazirlik va idoralar matbuot xizmati xodimlariga öz minnatdorligimizni bildiramiz!

Ularning qöllab-quvvatlovi va hamkorligi yoşlarning professional rivoji hamda kelajakka işonç bilan qadam qöyişida muhim ahamiyat kasb etadi.

(Fotolavhalar 1-qism)

#yoşlarkuni

1 / 9

Manba: Telegram