1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Seminarda iştirok eting!

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Aziz talabalar, sizlarni ertaga, 1-may kuni soat 14:30da ÖzJOKU majlislar zalida bölib ötadigan seminarga taklif etamiz! Seminarda xalqaro mutaxassis, dr.Yuldaşeva Ozoda Hamidullaevna iştirok etadi. ✔️ Dr…

Aziz talabalar, sizlarni ertaga, 1-may kuni soat 14:30da ÖzJOKU majlislar zalida bölib ötadigan seminarga taklif etamiz! Seminarda xalqaro mutaxassis, dr.Yuldaşeva Ozoda Hamidullaevna iştirok etadi.

✔️ Dr. Yuldaşeva atrof-muhit muhandisligi va barqarorlik yönalişlarida 10 yildan ortiq tajribaga ega. Hozirda u "Wealth Bridge Global (Singapur–Malayziya)" kompaniyasida Barqarorlik böyiça boş direktor (Chief Sustainability Officer) lavozimida faoliyat yuritadi. U SDG va ESG strategiyalari böyiça taşkilotlarga maslahat beriş, barqarorlik körsatkiçlarini işlab çiqişda katta tajribaga ega.

✔️ Dr. Yuldaşeva Ozoda Hamidullaevna Yaponiya, Singapur, Malayziya va Markaziy Osiyoda xalqaro hamkorlik loyihalarida faol iştirok etgan.
Dr. Yuldaşeva hozirgi kunda Malayziya va Özbekiston universitetlari örtasida "bevosita akademik köprik" vazifasini bajarib kelmoqda.
U Malayziya va Singapur oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik dasturlarini muvofiqlaştiruvçi mutaxassis sifatida faoliyat yuritadi.


✔️Seminar davomida u, ayniqsa, gumanitar yönalişlarda xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratadi.

Jumladan:
* Malayziya universitetlari bilan hamkorlikni yölga qöyiş mexanizmlari;
* Akademik hamkorlikning amaliy jihatlari va öziga xos xususiyatlari;
* Professor-öqituvçilar va mutaxassislar almaşinuvi (exchange);
* Malayziya universitetlarining ustuvor yönalişlari va imkoniyatlari;
* Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining salohiyati va Malayziya tomon uçun qiziqarli yönalişlar.

Seminar davomida Malayziya universitetlari bilan samarali xalqaro hamkorlikni yölga qöyiş muhokama qilinadi.

Iştirokçilar:
- Dekanlar va xalqaro yönaliş böyiça dekan örinbosarlari,
- Kafedra mudirlari va xalqaro yönaliş böyiça mas’ul xodimlar.

Barçani iştirok etişga çorlaymiz!

Manba: Telegram