1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Yoşlar bilan uçraşuv

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Özbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi rahbari Şirin Abidova bilan talaba-yoşlar uçun mazmunli va ilhombaxş uçraşuv taşkil etildi…

Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Özbekiston Volontyorlar Assotsiatsiyasi rahbari Şirin Abidova bilan talaba-yoşlar uçun mazmunli va ilhombaxş uçraşuv taşkil etildi.

Uçraşuv davomida Şirin Abidova rektor Şerzodxon Qudratxöjaga yoşlarni doim qöllab-quvvatlaşda taşabbuskorligi hamda muvaffaqiyatli hamkorlik örnatilganligining ramzi sifatida Assotsiatsiyaning "Ezgulik elçisi" kökrak nişonini topşirdi.

Uçraşuv oldidan universitet va Assotsiatsiya örtasida hamkorlik şartnomasi imzolandi. (https://t.me/uzjmcu/11800) Bu kelişuv ikki muassasa örtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlab, talaba-yoşlar uçun yangi imkoniyatlar eşigini oçadi. Endilikda universitet talabalari volontyorlik taşabbuslarida faol qatnaşiş, ijtimoiy loyihalarda iştirok etiş hamda amaliy tajriba orttiriş imkoniga ega böladilar.

Bugungi kunda volontyorlik harakati dunyo miqyosida katta ijtimoiy kuçga aylanib bormoqda. Turli xalqaro tadqiqotlarga köra, millionlab yoşlar ijtimoiy loyihalar, ekologik taşabbuslar, xayriya aksiyalari va jamoat işlari orqali jamiyat taraqqiyotiga öz hissasini qöşmoqda. Özbekistonda ham sönggi yillarda volontyorlik harakati faol rivojlanib, minglab yoşlar turli tadbirlar, xayriya aksiyalari, madaniy va ijtimoiy loyihalarda faol iştirok etmoqda.

Volontyorlik — bu şunçaki faoliyat emas. U mehrli yurak va oçiq köngil bilan insonlarga yordam beriş, jamiyatga foyda keltiriş demakdir. Volontyor inson öz vaqti, bilimi va kuçini boşqalar manfaati yölida bağişlay oladi. Aslida, insonni aynan şunday fazilatlar uluğlaydi. Volontyorlik esa ana şu ezgulikni amaliy harakatga aylantiradigan eng gözal yöllardan biridir.

Bugungi uçraşuv talaba-yoşlar uçun nafaqat ma’rifiy, balki ruhiy jihatdan ham katta ahamiyat kasb etdi. Uçraşuv davomida volontyorlikning jamiyatdagi örni, yoşlarning ijtimoiy faolligi va fuqarolik mas’uliyati haqida fikrlar bildirildi. Zero, dunyoni ham, jamiyatni ham aynan ezgu qalbli, mehrli yurakka ega insonlar obod qiladi.

Manba: Telegram