
ÖzJOKUda “Yoşlar bilan işlaş kuni” doirasida sport musobaqalari bölib ötdi Payşanba - “Yoşlar bilan işlaş kuni” munosabati bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida…
ÖzJOKUda “Yoşlar bilan işlaş kuni” doirasida sport musobaqalari bölib ötdi
Payşanba - “Yoşlar bilan işlaş kuni” munosabati bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba-yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib etiş, ularning böş vaqtni mazmunli taşkil etiş hamda jamoaviylik ruhini mustahkamlaş maqsadida sport musobaqalari va örtoqlik uçraşuvlari taşkil etildi.
🏆 Musobaqalar quyidagi sport turlari böyiça ötkazildi:
🤼♂️ Kuraş — kuç, iroda va matonat sinovi;
💪 Armwrestling — yakkama-yakka kuç bellaşuvi;
🏐 Volleybol — jamoa birligi va tezkorlik musobaqasi;
🏓 Stol tennisi — çaqqonlik va aniqlik bahsi;
♟ Şaxmat — tafakkur va strategiya bellaşuvi.
Musobaqalar davomida talabalar özaro döstona raqobatda iştirok etib, sportga bölgan qiziqiş va faollikni yanada oşirdilar. Bellaşuvlar talabalarda intizom, jamoada işlaş könikmasi, soğlom raqobat va muvaffaqiyatga intiliş kabi sifatlarni mustahkamlaşga xizmat qildi.
Mazkur sport tadbirlari universitetda yoşlar bilan işlaş tizimini kuçaytiriş, talaba-yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini keng tarğib qiliş hamda sportni ommalaştiriş yölidagi muhim qadam böldi.
Manba: Telegram


