
"27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Bu sana Özbekiston tarixida alohida örin egallaydi. Zero, uşbu kun millatning axborot makonidagi öz örnini anglaş, söz erkinligi yölidagi…
"27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Bu sana Özbekiston tarixida alohida örin egallaydi. Zero, uşbu kun millatning axborot makonidagi öz örnini anglaş, söz erkinligi yölidagi yutuqlarni qadrlaş va kelajak uçun mas’uliyatni
his etiş kunidir.
Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda söz erkinligi, axborot oçiqligi va media rivojlanişi borasida jiddiy islohotlar amalga oşirilmoqda. Özbekistonning xalqaro nufuzi oşayotgan bugungi kunda professional, mas’uliyatli va zamonaviy jurnalistika kadrlariga ehtiyoj har qaçongidan yuqori.
Özbekistonda matbuot tarixi çuqur ildizlarga ega. XX asr boşlarida jadidlar harakati vakillari — Mahmudxöja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat kabi buyuklar matbuotni xalqni ma’rifatli qiliş, milliy ongni şakllantiriş vositasi sifatida körgan. Ular gazeta va jurnallarni nafaqat axborot manbasi, balki millatni uyğotiş quroli deb bilgan. Mahmudxöja Behbudiy bir asrdan ziyodroq muqaddam yozgan edi: “Dunyoda turmoq uçun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmidan bebahra millat boşqalarga poymol bölur”. Bu sözlar bugun — raqamli transformatsiya davrida har qaçongidan köra dolzarb.
Biz — ularning vorisimiz. Lekin bugungi jurnalistika oldida butunlay yangi vazifalar turibdi. Bir asr oldin masala axborot yetkaziş bölgan. Bugun eng katta masala işonçni saqlab qolişdir.
Mamlakatimizda söz erkinligi, axborot oçiqligi va media rivojlanişi borasida jiddiy islohotlar ötkazilmoqda. Özbekistonning xalqaro nufuzi oşayotgan ayni pallada professional, mas’uliyatli va zamonaviy jurnalistlarga ehtiyoj har qaçongidan yuqori. Abdulla Avloniy yozganidek, “Har bir millatning dunyoda borliğini körsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur”. Bugun bu oyinaga yana bir muhim element qöşildi — media. Millatning dunyodagi örni, obrösi va ovozini bugun media ommalaştirmoqda..."
Gazeta orqali töliq öqiş uçun👇https://t.me/sherzodxonqudratxoja/4571
Manba: Telegram


