
27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qömitasi Raisining bir guruh jurnalistlar va soha xodimlari bilan oçiq muloqoti taşkil etildi…
27-iyun Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qömitasi Raisining bir guruh jurnalistlar va soha xodimlari bilan oçiq muloqoti taşkil etildi.
Muloqot avvalida qömita Raisi Akmalxöja Yusupoviç Mavlanov matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlarini kasb bayrami bilan tabrikladi.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazi, Özbekiston jurnalistlar ijodiy uyuşmasi, Özbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, markaziy va mahalliy telekanallar, turli ommaviy axborot vositalari vakillari va Qömita şaxsiy tarkibi a’zolari iştirok etdi.
Dastur davomida yil mobaynida bojxona sohasini ommaviy axborot vositalari orqali yoritişda faollik körsatgan 60 nafardan ziyod jurnalistlar, soha mutaxassislari, OAV xodimlari, jumladan ÖzJOKU rektori, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja Bojxona Qömitasining "II darajali a’loçisi" medali bilan Bojxona qömitasi Raisi tomonidan taqdirlandi.
Sönggi yillarda Bojxona qömitasida axborot siyosatiga bölgan munosabat tubdan özgardi. Qömitaning matbuot xizmati endi şunçaki xabar tarqatuvçi bölinma emas, balki tizim faoliyatining oçiqligi va şaffofligi hamda jamoatçilik bilan muloqotini ta’minlaydigan muhim strategik institutga aylanib bormoqda.
Şuningdek, Qömita Raisi tomonidan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlik yanada kuçaytirilişini ma’lum qilindi.
Manba: Telegram


