1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Yangi ilmiy naşr: Özbekistonning taşqi siyosati va xalqaro taşkilotlar bilan hamkorligi haqida

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Xalqaro munosabatlar, taşqi siyosat va global jarayonlarni çuqur anglaşni istaysizmi? Unda siz uçun muhim manba tayyor! Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Siyosiy fanlar kafedrasi…

Xalqaro munosabatlar, taşqi siyosat va global jarayonlarni çuqur anglaşni istaysizmi? Unda siz uçun muhim manba tayyor!

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti Sadriddin Rahimov tomonidan tayyorlangan yangi öquv qöllanmani taqdim etamiz:

🔶 “Özbekiston Respublikasining xalqaro taşkilotlar bilan hamkorligining ustuvor yönalişlari”.

Bu kitob şunçaki nazariy qöllanma emas — u Özbekistonning taşqi siyosati va xalqaro maydondagi örnini tuşuniş uçun mukammal manbalardan biridir. Muallif mamlakatimizning xalqaro taşkilotlar bilan hamkorligi, global siyosiy jarayonlar hamda mintaqaviy barqarorlik masalalarini ilmiy asosda, tuşunarli va tizimli tarzda yoritgan.

📚 Qöllanmada quyidagi muhim mavzular yoritilgan:
• Mustaqillikning ilk yillarida taşqi siyosatning şakllanişi;
• Geosiyosiy, iqtisodiy va ekologik omillarning taşqi siyosatga ta’siri;
• Birlaşgan Millatlar Taşkiloti, Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi, Şanxay Hamkorlik Taşkiloti va Turkiy Davlatlar Taşkiloti bilan hamkorlik yönalişlari;
• Özbekistonning xalqaro nufuzini oşiriş strategiyasi;
• Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik masalalari;
• Xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik;
• Ommaviy qirğin qurollari tarqalişining oldini oliş böyiça hamkorlik;
• Xalqaro reyting va indekslarda Özbekistonning örni.

Nima uçun bu kitobni, albatta, öqiş kerak?
• Barça ma’lumotlar rasmiy, ilmiy va statistik manbalarga asoslangan;
• Mavzuga oid test va nazorat savollari berilgan;
• Ilk bor asosiy xalqaro taşkilotlarning ta’sis hujjatlari özbek tilida taqdim etilgan;
• Öquv va ilmiy tadqiqotlar uçun juda qulay manba.

🎓 Kitob ayniqsa “Xalqaro munosabatlar”, “Siyosatşunoslik”, “Mintaqaşunoslik”, “Konfliktologiya”, “Xalqaro jurnalistika” kabi yönalişlarda ta’lim olayotgan talabalar, magistrlar, tadqiqotçilar va soha mutaxassislari uçun juda foydali.

Muhimi, mazkur öquv qöllanma Özbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan naşrga tavsiya etilgan.

📖 Agar siz Özbekistonning xalqaro maydondagi örni, taşqi siyosati va global hamkorlik masalalarini çuqur örganmoqçi bölsangiz — bu kitob aynan siz uçun.

Bilimingizni kengaytirişni bugundan boşlang!

Manba: Telegram