
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oşirgan xizmat safari davomida China International Communications Group (Xitoy Beş qit’a axborot va…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasiga amalga oşirgan xizmat safari davomida China International Communications Group (Xitoy Beş qit’a axborot va tarqatiş taşkiloti) vakillari bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda xalqaro media hamkorligini kengaytiriş, zamonaviy kontent yaratiş hamda tajriba almaşiş masalalari muhokama qilindi.
Mazkur taşkilot Xitoyning xalqaro axborot va media kontentini yaratiş hamda dunyo böylab tarğib qiliş bilan şuğullanuvçi yirik tuzilmalardan biri hisoblanadi. U hujjatli filmlar, kitoblar, raqamli kontent va xalqaro PR loyihalarini amalga oşirib kelmoqda.
Muloqot davomida tomonlar quyidagi istiqbolli yönalişlar böyiça hamkorlik qiliş yuzasidan fikr almaşdilar:
🔹 Qöşma media loyihalar yaratiş;
🔹 Kadrlar tayyorlaş va stajirovka dasturlari;
🔹 Kontent almaşinuvini yölga qöyiş;
🔹 Qöşma naşrlar va ilmiy loyihalarga asos soliş;
🔹 Xalqaro forum va konferensiyalar taşkil etiş.
Uçraşuv yakunida tomonlar özaro hamkorlikni yanada mustahkamlaş, xalqaro media aloqalarni rivojlantiriş hamda tajriba almaşuvini kengaytiriş muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. Mazkur muzokaralar ÖzJOKUning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytiriş va zamonaviy jurnalistika ta’limini rivojlantiriş yölidagi muhim qadam böldi.
Manba: Telegram


