
13–14-aprel kunlari Samarqand şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi universitetlari Kongressi doirasida Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi qator nufuzli…
13–14-aprel kunlari Samarqand şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi universitetlari Kongressi doirasida Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan samarali uçraşuvlar ötkazdi.
Universitet rektori Şerzodxon Qudratxöja boşçilik qilgan ÖzJOKU delegatsiyasi muzokaralar davomida Slovakiyadagi Bratislava Iqtisodiyot va menejment universiteti Xalqaro hamkorlik böyiça prorektori Marian Kovaç hamda Polşaning Gdansk universiteti rektori Piotr Stepanowski bilan muhim masalalarni muhokama etişdi.
🤝 Uçraşuvlarda:
— özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş,
— ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş,
— akademik almaşinuv dasturlarini yölga qöyiş,
— qöşma loyihalarni amalga oşiriş kabi yönalişlar yuzasidan fikr almaşildi.
Muzokaralar yakunida tomonlar ta’lim va ilm-fan sohalarida tajriba almaşişni kengaytiriş hamda kelgusida yaqin hamkorlikni yölga qöyiş böyiça özaro kelişuvga erişdilar.
Manba: Telegram


