
Samarqand şahrida 13-14-aprel kunlari bölib ötgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi universitetlari Kongressi doirasida rektor Şerzodxon Qudratxöja boşçiligidagi ÖzJOKU delegatsiyasi qator nufuzli oliy ta’lim…
Samarqand şahrida 13-14-aprel kunlari bölib ötgan Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi universitetlari Kongressi doirasida rektor Şerzodxon Qudratxöja boşçiligidagi ÖzJOKU delegatsiyasi qator nufuzli oliy ta’lim muassasalari vakillari bilan muhim uçraşuvlar ötkazdi.
Jumladan, Slovakiyadagi Bratislava Iqtisodiyot va menejment universiteti Xalqaro hamkorlik böyiça prorektori Marian Kovaç hamda Polşaning Gdansk universiteti rektori Piotr Stepanowski bilan samarali muzokaralar olib borildi.
Uçraşuvlar davomida tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantiriş, akademik almaşinuv dasturlarini taşkil etiş hamda qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalarida fikr almaşdilar. Muzokaralar yakunida esa kelgusida yaqindan hamkorlik qiliş, ta’lim va ilm-fan sohalarida tajriba almaşişni kengaytiriş böyiça özaro kelişuvga erişildi.
Manba: Telegram


