
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Navrözni uluğlaş — insonni uluğlaş” şiori ostida “Navröz nafasi va Amir Temur saltanati madaniyatlari” bayram festivali bölib ötdi. Tadbir…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Navrözni uluğlaş — insonni uluğlaş” şiori ostida “Navröz nafasi va Amir Temur saltanati madaniyatlari” bayram festivali bölib ötdi.
Tadbir milliy qadriyatlarni tarğib etiş, turli xalqlar madaniyatlari örtasida döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, şuningdek, buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur merosini keng tarğib qilişga qaratildi.
Festival an’analar, döstlik va xalqlar örtasidagi özaro hurmatni birlaştirdi. Tadbirda universitetning faxriy mehmonlari iştirok etdi:
— Kongratbay Şaripov — Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
— Yuy Szyun — Xitoy Xalq Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi;
— Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy — Ummon Sultonligining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi;
— Abrorxöja Saidaliyev — Yunusobod tumani hokimi;
— Yahyo Abdurahmonov — Yunusobod tumani prokurori;
— Salim Doniyorov — «Yangi Özbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari boş muharriri;
— Husan Ermatov — «Işonç» va «Işonç-Doveriye» gazetalari boş muharriri;
— Gulçehra Rixsiyeva — Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti rektori;
— Ismat Xuşev — siyosiy tahlilçi, jurnalist;
— Jamila Şermuhammedova — Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti;
— Dilfuza Ruzmetova — Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot kotibi;
— Qahramon Xudayberganov — Toşkent şahar IIBB Axborot-multimedia markazi boşliği örinbosari;
— Salay Matkarimov va boşqa hurmatli mehmonlar.
Festival mehmonlari tantanali kutib olinib, universitet hududida taşkil etilgan milliy sayl hamda Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Xitoy, Turkiya, Misr, Eron, Hindiston, Bangladeş, Gruziya, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Armaniston va Ispaniyaning milliy madaniyat körgazmalari bilan taniştirildi.
Festivalni universitet rektori, professor, doktor Şerzodxon Qudratxöja tabrik sözi bilan oçdi. Şundan söng bayram dasturida harbiy orkestr jörligida Amir Temurning tantanali kirib kelişi sahnalaştirildi, Gruziya, Hindiston va Turkiyaning milliy raqslari ijro etildi, “Amir Temurning jang oldi maşvarati” sahna körinişi namoyiş qilindi. Mudofaa vazirligi ansambli çiqişlari tomoşabinlarga yorqin taassurot ulaşdi.
Şuningdek, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari milliy liboslar körgazmasini taşkil etdi. Bundan taşqari, san’atkorlar ijrosida kuy-qöşiqlar yangradi.
Tadbirda Misr, Eron, Pokiston, Bangladeş, Xitoy, Gruziya, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Iordaniya vakillari, şuningdek, Özbekiston va xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Mazkur festival nafaqat Navröz bayramining boy an’analarini namoyon etdi, balki turli millat va madaniyat vakillarini birlaştirgan maydonga aylanib, özaro hurmat va hamkorlik ruhini mustahkamlaşga xizmat qildi.
Bayram festivalida turli davlatlarning milliy körgazma burçaklarini taşkil etişga kömaklaşgan elçixonalar va hamkor taşkilotlarga minnatdorlik bildiramiz.
Fotolavha, 2-qism
Manba: Telegram


