
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "Navrözni uluğlaş — insonni uluğlaş" şiori ostida “Navröz nafasi va Amir Temur saltanati madaniyatlari” bayram festivali bölib ötdi. Mazkur…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "Navrözni uluğlaş — insonni uluğlaş" şiori ostida “Navröz nafasi va Amir Temur saltanati madaniyatlari” bayram festivali bölib ötdi.
Mazkur tadbir milliy qadriyatlarni uluğlaş, turli xalqlar madaniyati örtasidagi döstlik va hamjihatlikni mustahkamlaş, şuningdek, buyuk sarkarda, sohibqiron Amir Temur merosini keng tarğib etişga qaratildi.
Tadbir an’analar, döstlik va xalqlar örtasidagi özaro hurmatni birlaştirdi. Uşbu tadbirda universitet uçun qadrli mehmonlar iştirok etişdi:
— Kongratbay Şaripov - Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;
— Yuy Szyun - Xitoy Xalq Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor elçisi;
— Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy - Ummon Sultonligining Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi;
— Abrorxöja Saidaliyev - Yunusobod tuman hokimi;
— Yahyo Abdurahmonov - Yunusobod tuman prokurori;
— Salim Doniyorov - «Yangi Özbekiston» va «Pravda Vostoka» gazetalari boş muharriri;
— Husan Ermatov - “Işonç” va “Işonç-Doveriye” gazetalari boş muharriri;
— Gulçehra Rixsiyeva — Toşkent davlat şarqşunoqlik universiteti rektori;
— Ismat Xuşev - siyosiy tahlilçi, jurnalist;
— Jamila Şermuhammedova - Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi eksperti;
— Dilfuza Ruzmetova - Ijtimoiy himoya milliy agentligi matbuot kotibi;
— Qahramon Xudayberganov - Toşkent şahar IIBB Axborot multimedia markazi boşlig ining örinbosari;
— Salay Matkarimov - "Person Hunters" LTD xalqaro konsalting kompaniyasi Biznes rivojlantiriş direktori va boşqa aziz mehmonlar
Festivalga taşrif buyurgan mehmonlar tantanali ravişda kutib olinib, universitet hududida taşkil etilgan milliy sayl va Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Xitoy, Turkiya, Misr, Eron, Hindiston, Bangladeş, Gruziya, Pokiston, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Armaniston, Ispaniya, davlatlarining milliy madaniy körgazmalar bilan taniştirildi.
Tadbirni universitet rektori prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja tabrik sözi bilan oçib berdi. Şundan söng bayram dasturida Amir Temurning tantanali kutib olinişi harbiy orkestr ijrosida sahnalaştirildi, Gruziya, Hindiston va Turkiya milliy raqslari ijro etildi, “Amir Temurning jang oldi maşvarati” nomli sahna körinişi namoyiş etildi; Mudofaa vazirligi ansambli çiqişlari tomoşabinlarga yuqori kayfiyat ulaşdi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn universiteti talabalari tomonidan milliy liboslar moda körgazmasi ham taşkil etildi. Şuningdek, xonandalar ijrosida kuy-qöşiqlar yangradi.
Tadbirda Misr, Eron, Pokiston, Bangladeş, Xitoy, Gruziya, Hindiston, Turkiya, Ozarbayjon, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Iordaniya kabi davlatlar, şuningdek, Özbekiston va xalqaro taşkilotlar vakillari iştirok etdi.
Mazkur festival nafaqat Navröz bayramining boy an’analarini namoyon etdi, balki turli millat va madaniyat vakillarini bir maydonda jamlab, özaro hurmat va hamkorlik ruhini mustahkamlaşga xizmat qildi.
Bayram festivalida turli davlatlarning milliy körgazmali burçaklarini taşkil etişga yaqindan kömaklaşgan elçixonalar va hamkor taşkilotlarga minnatdorlik bildiramiz!
Fotoreportaj 1-qism
Manba: Telegram


