
1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan Özbekiston Kasaba uyuşmalari saroyida professor-öqituvçilar uçun bayram…
1-oktabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni munosabati bilan Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan Özbekiston Kasaba uyuşmalari saroyida professor-öqituvçilar uçun bayram tadbiri taşkil etildi.
Tadbir Özbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boşlandi. Söng Universitet rektori, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja tantanani oçib berib, professor-öqituvçilarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
Bayram dasturidan “Zamin xor” jamoasi, universitetning “Evriliş” teatr studiyasi çiqişi, “Dance Club” qizlar jamoasi, talabalar iştirokidagi musiqiy va raqs çiqişlari, şuningdek, Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari tomonidan namoyiş etilgan “Jadid izdoşlari” sahna körinişi örin oldi. Tadbir taniqli xonandalar Yorqinxöja Umarov hamda Şuhrat Daryoning kuy-qöşiqlari bilan davom etdi.
Şuningdek, köp yillar davomida samarali mehnat qilgan, oliy ta’lim sohasi rivojiga hissa qöşgan xodimlarga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining "Oliy ta’lim a’loçisi" kökrak nişoni topşirildi hamda universitetning fidoyi professor-öqituvçilari ham ta’lim-tarbiya jarayonidagi faol iştiroki va namunali faoliyati uçun munosib taqdirlandi!
Barça ÖzJOKU professor-öqituvçilarini bayram bilan tabriklaymiz!
Manba: Telegram


