
Oqşom bu rasmlarni körib Milliy Universitet jurfak olamiga sayohat qilgandek böldim, olis 90-çi yillarga qaytgandek böldim! Bugun oramizda bölmagan, ammo bizga ta’lim bergan, kasbimizning sir-asrorini örgatgan…
Oqşom bu rasmlarni körib Milliy Universitet jurfak olamiga sayohat qilgandek böldim, olis 90-çi yillarga qaytgandek böldim!
Bugun oramizda bölmagan, ammo bizga ta’lim bergan, kasbimizning sir-asrorini örgatgan, ilmiy salohiyatimizni oşirgan va inson sifatida kamol topişimizga hissa qöşgan marhum ustozlarimizni ham alohida ehtirom bilan yod etamiz.
Ular bu olamni tark etgan bölsalar-da, özlaridan qoldirgan ilmiy meros, fidokorona mehnat, ustozlik saboği va şogirdlariga bergan bilimlari bilan hamon biz bilan birga. Zero, inson umri nihoyasiga yetişi mumkin, ammo uning ilmga qöşgan hissasi, yaratgan ma’naviy merosi va şogirdlariga singdirgan bilimi avloddan avlodga ötib, tarixda yaşaydi.
Ularning bizga ötgan darslari, aytgan ögitlari, bergan bilimlari hamon yodimizda. Gohida yillar ötgan bölsa-da, ustozlarimizning darsdagi ovozi quloğimiz ostida jaranglab turganini his qilamiz. Göyo yana auditoriyadamiz, ustozlarimiz esa bizga öz bilganlarini, hayot va kasb sirlarini örgatayotgandek.
Bugun ularning özlari oramizda yöq. Ularning ovozlari endi auditoriyalarda eşitilmaydi. Afsus, hayot şunday ekan. Insonni borligida qadrlaşni örganaylik. Ötkanlarimizni Alloh Jannatlari bilan siylasin, ilm va ta’lim yölidagi faoliyatlariga kööp savoblar yozsin.
Bugunam ularning xuş ovozlari, sözlari, saboqlari va ezgu ögitlari xotiramizda hamon yaşaydi.
Bu ovozlar vaqt ötişi bilan sönmaydi. Aksinça, har bir şogirdning hayotida, mehnatida va erişgan yutuqlarida yana va yana yangraydi.
Barça ustozlarimizni, professor-öqituvçilarimizni 1 oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.
Sizlarga mustahkam soğlik, oilaviy xotirjamlik, ilmiy va ijodiy izlanişlaringizda yangi yutuqlar tilayman!
———————————————
Şerzodxon Qudratxöjaning
ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga obuna böling:
Asl xabar: Şerzodxon Qudratxöja
Manba: Telegram


