1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

TOP 269-örindagi UCSI University va ÖzJOKU örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi rektor, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja boşçiligida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur şahrida joylaşgan UCSI Universityda bölib…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi rektor, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja boşçiligida Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur şahrida joylaşgan UCSI Universityda bölib, universitet rahbariyati va vakillari bilan muzokaralar ötkazdi.

💠Uçraşuvlarda UCSI University prezidenti va vitse-kansleri Prof. Emerita Datuk Ts Ir Dr Siti Hamisah Binti Tapsir, UCSI asosçisi va UCSI Group ijroçi raisi Dato’ Peter T. S. Ng, şuningdek, har ikki oliy ta’lim muassasasining mas’ul vakillari iştirok etdi.

Muzokaralar yakunida ikki oliy ta’lim muassasasi örtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjatni UCSI University nomidan Prezident va vitse-kansler Prof. Emerita Datuk Ts Ir Dr Siti Hamisah Binti Tapsir imzoladi.

Kelişuv doirasida ÖzJOKUda UCSI University bilan hamkorlikda quyidagi ta’lim dasturlarini amalga oşiriş közda tutilgan:

Asosiy kelişuvlar:

— ÖzJOKUda UCSI’ning 3 ta ta’lim dasturini yölga qöyiş:

• Foundation in Arts
• Bachelor of Arts (Hons) Mass Communication
• Master in Strategic Communication

— UCSI öz öquv dasturi va akademik standartlarini taqdim etadi
— UCSI tomonidan yillik akademik audit
— Bitiruvçilarga UCSI kvalifikatsiyasi berilişi
— UCSI’ning raqamli resurslaridan foydalaniş
— Qöşma akademik qömita taşkil etiladi
— Talabalar almaşinuvi imkoniyati

‼️Muhim bandlardan biri — ÖzJOKU talabalari UCSI University’da bir semestrlik Academic Mobility Program’da qatnaşişi mumkin.

Mazkur kelişuv ÖzJOKUning xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytiriş, zamonaviy kommunikatsiya sohasi uçun xalqaro standartlarga mos mutaxassislar tayyorlaş hamda talabalar va professor-öqituvçilar uçun yangi akademik imkoniyatlarni yaratişga xizmat qiladi.

• UCSI University — xalqaro ta’lim va hamkorlik tarmoğiga ega universitet.

1986-yilda taşkil etilgan UCSI University bugungi kunda 15 mingdan ortiq talabaga, 120 dan ziyod mamlakat vakillariga, 150 dan ortiq ta’lim dasturlariga hamda 4 800 dan ortiq xalqaro hamkorlarga ega.

Universitetning akademik yönalişlari muhandislik va texnologiyalar, kompyuter fanlari va sun’iy intellekt, tibbiyot va soğliqni saqlaş, biznes va menejment, mehmondöstlik, arxitektura va dizayn, musiqa va san’at kabi köplab sohalarni qamrab oladi.

🌐UCSI University QS World University Rankings 2026 reytingida dunyo universitetlari orasida 269-örinni egallagan. Şuningdek, universitet QS Asia University Rankings 2026 reytingida Osiyoning TOP-30 universitetlari qatoridan joy olgan.

Şuningdek, QS by Subject 2026:
* musiqa va ijroçilik san’ati — 24-örin;
* san’at va dizayn — 29-örin;
* mehmonxona servisi — 47-örin.