
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Al Jazeera Media Institute (AJMI) direktori Dr. Eman Al Amri bilan uçraşuv bölib ötdi. Muloqot davomida jurnalistika, media ta’limi, zamonaviy…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Al Jazeera Media Institute (AJMI) direktori Dr. Eman Al Amri bilan uçraşuv bölib ötdi.
Muloqot davomida jurnalistika, media ta’limi, zamonaviy texnologiyalar hamda malakali mutaxassislar tayyorlaş yönalişlarida hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi.
Dr. Eman Al Amri universitetning öquv va media infratuzilmasi bilan yaqindan tanişib, talabalarni tayyorlaş yönalişlari hamda xalqaro auditoriya bilan işlaş imkoniyatlariga alohida qiziqiş bildirdi.
Suhbat davomida raqamli media va sun’iy intellektning jurnalistika sohasiga ta’siri, ilğor tajribalarni almaşiş hamda qöşma ta’limiy loyihalarni amalga oşiriş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar uzoq muddatli hamkorlikni yölga qöyiş va Özaro anglaşuv memorandumi (MoU)ni tayyorlaş böyiça özaro manfaatdorlik bildirdilar.
Media kelajagi — bilim, tillar, texnologiyalar va xalqaro dunyoqaraşni uyğunlaştira oladigan mutaxassislar qölida!
Manba: Telegram


