
Adabiyotşunos, jurnalist va ustoz Saydi Umirovning hayot yöli ilmiy izlaniş, ijod va yoş avlod tarbiyasi bilan çambarças boğliq. 🔹 1938-yil, 10-fevral — Samarqand viloyati Payariq tumani Jöraboy qişloğida…
Adabiyotşunos, jurnalist va ustoz Saydi Umirovning hayot yöli ilmiy izlaniş, ijod va yoş avlod tarbiyasi bilan çambarças boğliq.
🔹 1938-yil, 10-fevral — Samarqand viloyati Payariq tumani Jöraboy qişloğida tuğilgan. Otasi Haydarov Umirqul 1942-yilda Ikkinçi jahon uruşida halok bölgan. Uning nomi “Xotira” kitobiga va Mustaqillik maydonidagi xotira kitobiga kiritilgan. Onasi Oysuluv Boli qizi uç nafar farzandni voyaga yetkazgan, 1994-yilda vafot etgan.
🔹 1945–1955-yillar — Jöraboy, Öymovut, Çolmöyin, Qirqovul va Çelak qişloqlarida tahsil olgan. Örta maktabni kumuş medal bilan tamomlagan.
🔹 1955–1960-yillar — Samarqand davlat universiteti filologiya fakultetida öqigan.
🔹 1960–1964-yillar — Özbekiston Fanlar akademiyasining “Fan” naşriyoti xodimi, “Fan va turmuş” jurnali bölim mudiri sifatida işlagan.
🔹 1963-yil — Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasiga a’zo bölgan.
🔹 1965–1967-yillar — Özbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida aspiranturada tahsil olgan.
🔹 1967-yil — “Abdulla Qahhor prozasida xarakter va şaroit tasvirida badiiy detalning roli” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
🔹 1967–1968-yillar — Til va adabiyot institutida kiçik ilmiy xodim, “Özbek tili va adabiyoti” jurnalida mas’ul kotib bölib işlagan.
🔹 1968-yil — Toşkent davlat universiteti — hozirgi Özbekiston Milliy universiteti Jurnalistika fakultetida katta öqituvçi sifatida faoliyat boşlagan.
🔹 1969–1970 va 1986–1992-yillar — Jurnalistika fakultetida keçki va sirtqi ta’lim böyiça dekan muovini bölgan.
🔹 1973-yil — Dotsentlik unvoni tasdiqlangan.
🔹 1986–1992-yillar — Jurnalistika fakulteti dekani lavozimida işlagan.
🔹 1990-yil — Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasiga a’zo bölgan.
🔹 1990–1992-yillar — “Xalq sözi” gazetasi tahrir hay’ati a’zosi bölgan.
🔹 1995-yil — Özbekiston Respublikasi Faxriy yorliği bilan taqdirlangan.
🔹 1996–1999-yillar — Erkin ijodkor sifatida faoliyat yuritgan.
🔹 1998–2000-yillar — “Yozuvçi” gazetasi jamoatçilik kengaşi a’zosi bölgan.
🔹 1999–2008-yillar — Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida dotsent sifatida işlagan.
🔹 2000–2002-yillar — ÖzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani bölgan.
🔹 2001-yil — “Özbekiston Respublikasida xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
🔹 2002–2008-yillar — ÖzDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti Audiovizual jurnalistika kafedrasi mudiri lavozimida işlagan.
🔹 2005-yil — “Yilning faol jurnalisti” tanlovining rağbatlantiruvçi mukofotiga sazovor bölgan.
🔹 2006–2008-yillar — Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining darslik va öquv dasturlarini muvofiqlaştiriş kengaşi a’zosi bölgan.
🔹 2007–2008-yillar — “Oltin qalam”, “Intellekt” va “Xalqaro jurnalist” gazetalari jamoatçilik kengaşlari a’zosi bölgan.
🔹 2008-yil — “Oltin qalam” Milliy mukofoti sovrindori bölgan.
🔹 2009-yildan umrining oxirigaça — ÖzDJTUda dotsent sifatida faoliyat yuritgan.
🔹 2019-yil — I darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlangan.
🔹 2020-yil — “Mehnat şuhrati” ordeniga sazovor bölgan.
Bizni kuzatib boring: 👇👇👇
📶 Uzjoku_Ilm_uz
🔗 @tadqiqotchi_uzjoku_bot
🌐 uzjoku.uz
Asl xabar: ÖzJOKU.Ilm.uz
Manba: Telegram


