
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida yoşlar örtasida tinçlik va osoyiştalikning qadrini keng tarğib qiliş, ularni jaholat va turli yot ğoyalar ta’siridan asraş, ma’naviy…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida yoşlar örtasida tinçlik va osoyiştalikning qadrini keng tarğib qiliş, ularni jaholat va turli yot ğoyalar ta’siridan asraş, ma’naviy immunitetini mustahkamlaş maqsadida “Tinçlik – eng oliy ne’mat hamda “Jaholatga qarşi – ma’rifat bilan kuraşiş” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir ötkazildi.
Tadbirda Toşkent şahar Ma’rifiy tarğibot markazi davlat muassasasi direktori, “Şuhrat” medali sohibi Xidirov Mirzoxid Ğayratoviç iştirok etib, yoşlar bilan oçiq muloqot ötkazdi.
Tadbir davomida tinçlik va osoyiştalikning inson hamda jamiyat hayotidagi beqiyos ahamiyati, jaholat va turli zararli ğoyalarning salbiy oqibatlari, yoşlarni bunday tahdidlardan himoya qilişda ma’rifat, ta’lim va tarbiyaning örni haqida fikrlar bildirildi.
Şuningdek, yoşlarning axborot makonidagi turli ğoyaviy ta’sirlarga nisbatan ogoh va huşyor bölişi, internet va ijtimoiy tarmoqlardan töğri va mas’uliyatli foydalanişi, turli buzğunçi ğoyalarga berilmasligi hamda mustaqil va tanqidiy fikrlaş könikmalarini rivojlantirişi zarurligi ta’kidlandi.
Muloqot davomida yoşlarni kitobxonlik, ilm oliş, ma’rifatli böliş, böş vaqtini mazmunli taşkil etiş orqali ma’naviy immunitetini mustahkamlaş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir yakunida talaba-yoşlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar almaşdilar.
Tinçlikni asraş — barçamizning ezgu va muqaddas burçimiz!
Manba: Telegram


