
Prezident topşiriği bilan bu yil ötkazilgan “Prezident arçasi” doirasida an’anaviy yangi yil sovğalariga qöşimça ravişda, bolalar uçun omonat depozit hisob raqamlarini oçiş töğrisida qaror qabul qilindi…
Prezident topşiriği bilan bu yil ötkazilgan “Prezident arçasi” doirasida an’anaviy yangi yil sovğalariga qöşimça ravişda, bolalar uçun omonat depozit hisob raqamlarini oçiş töğrisida qaror qabul qilindi — bu ularning ertangi kuni uçun kiçik, ammo muhim qadamdir.
0 dan 17 yoşgaça bölgan 8 ming nafardan ortiq yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar uçun omonat depozit hisob raqamlari oçildi. Har bir bunday hisob raqamiga davlat tomonidan 500 AQŞ dollari miqdorida mablag‘ joylaştirildi. Uşbu mablağlar yildan-yilga kapitalizatsiya hisobiga jamğarilib boradi. Bola 18 yoşga tölgaç, uşbu mablağlardan foydalaniş imkoniyatiga ega bölib, mustaqil hayotga qadam qöyiş uçun ilk qarorlarini qabul qilişi mumkin.
9 yoşdan yuqori bölgan bolalar va ularning qonuniy vakillariga ijtimoiy kartalar berildi. Bu qulaylik, xavfsizlik va şaffoflikni ta’minlaş maqsadida amalga oşirildi. Ijtimoiy karta bugunoq foydali: u orqali jamoat transportidan imtiyozli şaroitlarda foydalaniş, xaridlar va xizmatlar uçun tölovlarni amalga oşiriş, şaxsni tasdiqlaş, şuningdek ijtimoiy yordam va xizmatlarni oliş huquqini tasdiqlaş mumkin. Barça operatsiyalarni Baraka mobil ilovasi orqali kuzatiş va nazorat qiliş mumkin.
🥝 Uşbu qöllab-quvvatlaş davlat ğamxörligiga alohida muhtoj bölgan bolalar uçun möljallangan:
✈️ mahallalarda istiqomat qiluvçi yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar;
✈️ mehribonlik uylari, oilaviy va kiçik hajmli bolalar uylari hamda SOS bolalar qişloqlari tarbiyalanuvçilari;
✈️ ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qiliş çoğida halok bölgan bolalar;
✈️ “Taskin” bolalar xospisi huzuridagi bolalar onkologiya şifoxonasida davolanayotgan bolalar.
❗️“Taskin” bolalar xospisida davolanayotgan bolalar uçun alohida tartib belgilangan: depozit hisob raqamidagi mablağlar zaruratga köra va qonuniy vakillar murojaati asosida istalgan vaqtda bank kartasiga ötkazilişi mumkin.
Bu — har bir bola haqida qayğuriş, işonç va kelajakka bölgan işonç ramzidir.


