1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Hurmatli talabalar!

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Qişki ta’tilni maroqli va foydali ötkazişingiz uçun ÖzJOKU rektori, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöjadan siz talabalarimiz uçun tavsiya etilgan qiziqarli kitoblar röyxatini e’tiboringizga havola etamiz! 📚1…

Qişki ta’tilni maroqli va foydali ötkazişingiz uçun ÖzJOKU rektori, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöjadan siz talabalarimiz uçun tavsiya etilgan qiziqarli kitoblar röyxatini e’tiboringizga havola etamiz!

📚1. “Dunyoning işlari” – Ötkir Hoşimov

Hayot haqiqatlari va insoniylik haqida samimiy asar.

📚 2. “Yolğizlikning yuz yili” – Gabriel G. Markes

Sehrli realizm janrining çöqqisi — inson taqdiri va tarix girdobi.

📚 3. “Martin Iden” – Jek London

Orzu, intiliş, muhabbat va içki kuraş haqida juda kuçli asar.

📚 4. “Jarayon” – Frans Kafka

Tizim va inson örtasidagi fojiaviy töqnaşuv ramzi.

📚 5. “Graf Monte Kristo” – Aleksandr Dyuma

Adolat, xiyonat va keçikkan qasos dostoni.

📚 6. “Qanday buyuk bölişgan” – Sa’d Sa’dul-Kariboniy

Dunyo yetakçilarining şakllaniş jarayoni haqida ilhomlantiruvçi kitob.

📚 7. “Ilon Mask” – Eşli Vens

Zamonaviy ixtiroçi va biznes dahosi haqida biografik asar.

📚 8. “Katta öyin. Ikki imperiya töqnaşuvi” – Piter Hopkirk

Buyuk Ipak yöli va Markaziy Osiyodagi geosiyosiy kuraşlar haqida.

📚 9. “Törtinçi sanoat inqilobi” – Klaus Şvab

Kelajak texnologiyalari jamiyatga qanday ta’sir qilişini tuşuntiradi.

📚 10. “Buyuk şaxmat taxtasi” – Z. Bjezinskiy

Dunyo siyosati va geostrategiya haqida çuqur tahliliy asar.

📚 11. “Mamlakatlar tanazzuli sabablari” – Daron Ajemöğli, J. Robinson

Davlatlar nega rivojlanadi yoki qoloq qoladi — sabablarning ilmiy tahlili.

📚 12. “Men Malalaman” – Malala Yusufzay

Ta’lim, mardlik va erkinlik yölida kuraş haqidagi hayotiy kitob.

📚 13. “Alibaba. Jek Ma bunyod etgan maskan” – Dunkan Klark

Yirik biznes platformaning şakllaniş tarixidan kuçli darslar.

📚 14. “Atom odatlar” – Jeyms Klir

Kundalik odatlar orqali muvaffaqiyatga erişiş sirlari.

📚 15. “Uçinçi dunyodan – birinçi dunyoga (Singapur möjizasi)” – Li Kuan Yu

Butun bir davlat taqdirini özgartirgan islohotlar tarixi.

Ta’til mobaynida uşbu kitoblarni mutolaa qiliş orqali özingiz uçun qiziqarli va foydali ma’lumotlarga ega bölişingizga işonamiz!

Ajoyib ta’til tilaymiz!

———————————————

Manba: Telegram