
12-oktabr kuni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hamda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida taniqli adabiyotşunos, munaqqid va tarjimon Ozod Şarafiddinov hayoti va ijodini…
12-oktabr kuni Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi hamda Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamkorligida taniqli adabiyotşunos, munaqqid va tarjimon Ozod Şarafiddinov hayoti va ijodini keng tarğib etişga qaratilgan tezkor savol-javob viktorinasi taşkil etildi.
Bellaşuv davomida talabalar Ozod Şarafiddinovning hayoti, ijodiy merosi hamda özbek adabiyotşunosligi rivojiga qöşgan hissasi haqidagi bilimlarini sinovdan ötkazdilar.
Yakuniy natijalarga köra, eng yaxşi natija körsatgan uçta jamoa sertifikatlar va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Bunday ma’rifiy taşabbuslar yoş avlodning milliy adabiyotimizga bölgan qiziqişini oşiriş, buyuk ijodkorlar merosini çuqur örganiş hamda ularning bebaho ma’naviy boyligini keng tarğib etişda muhim ahamiyat kasb etadi.
Manba: Telegram


