1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Özbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan…

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

😄Taşrif davomida universitet rektori Şerzodxon Qudratxöja, Yoşlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy işlar böyiça birinçi prorektor Sanjarbek Botirjonoviç hamda “ÖzJOKU” sport klubi rais örinbosari – menejeri…

😄Taşrif davomida universitet rektori Şerzodxon Qudratxöja, Yoşlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça birinçi prorektor Sanjarbek Botirjonoviç hamda “ÖzJOKU” sport klubi rais örinbosari – menejeri Saidboxir Saidbotirxonoviç, universitetda talaba-yoşlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etiş borasida amalga oşirilayotgan işlar hamda universitetning “ÖzJOKU” sport klubi faoliyati, mavjud sport infratuzilmasi, moddiy-texnik bazasi hamda talaba-yoşlarning sport bilan muntazam şuğullanişi uçun yaratilgan şart-şaroitlar bilan yaqindan taniştirdilar. Uçraşuvda universitetda ommaviy sportni rivojlantiriş, talabalarning sport musobaqalaridagi iştirokini kengaytiriş, soğlom turmuş tarzini tarğib etiş hamda talabalar sporti yönalişida hamkorlikni yanada mustahkamlaş masalalariga e’tibor qaratildi. Mazkur taşrif universitetda sport faoliyatini yangi bosqiçga olib çiqiş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va talaba-yoşlar orasida sport madaniyatini yanada yuksaltiriş borasidagi muhim qadamlardan biri böldi.

💙💙💙Sport bilan muntazam şuğullaniş insonni jismonan va ma’nan yetuk bölişga undaydi👆

1 / 7