
Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan taşkil etilgan "Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kaşfiyotlar" xalqaro mediaforumi doirasida Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar…
Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan taşkil etilgan "Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kaşfiyotlar" xalqaro mediaforumi doirasida Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Faktlardan ta’sirçan hikoyagaça: ssenariy qayerdan boşlanadi?” mavzusida ijodiy uçraşuv bölib ötdi.
🔅Ijodiy uçraşuv mehmoni — rossiyalik jurnalist, “Россия-1” telekanalining hujjatli filmlar va maxsus reportajlar muallifi, VGTRK Markaziy Osiyo byurosi rahbari Robert Ivanoviç Frantsev böldi.
➡️Tadbir davomida:
● loglaynni töğri şakllantiriş;
● markaziy qahramonni tanlaş;
● konfliktni aniqlaş;
● voqealar rivojini izçil quriş;
● hujjatli film va maxsus reportaj dramaturgiyasi;
● fakt va ijodiy talqin örtasidagi muvozanat;
● storytelling usullaridan samarali foydalaniş
kabi masalalar amaliy misollar asosida yoritildi.
Uçraşuv iştirokçilarga xalqaro media tajribasi bilan yaqindan tanişiş, hujjatli filmlar va maxsus reportajlar yaratiş jarayonini örganiş, şuningdek, jurnalistik materialni ta’sirçan hikoyaga aylantiriş böyiça amaliy bilim va könikmalarini boyitiş imkonini berdi.
Manba: Telegram


