
Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan taşkil etilgan "Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kaşfiyotlar" xalqaro mediaforumi doirasida Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar…
Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan taşkil etilgan "Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kaşfiyotlar" xalqaro mediaforumi doirasida Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Buyuk Britaniyalik media-menejer va strategik kommunikatsiyalar böyiça ekspert Sergey Stanovkin iştirokida “Onlayn jurnalistika va axborot iste’moli: auditoriya bilan özaro aloqaning yangi şakllari” mavzusida mahorat darsi bölib ötdi.
Tadbir davomida zamonaviy onlayn jurnalistika tendensiyalari, raqamli auditoriyaning axborot iste’molidagi özgarişlari hamda media va foydalanuvçilar örtasidagi samarali kommunikatsiyaning yangi şakllari haqida fikr almaşildi.
Sergey Stanovkin özining xalqaro media sohasidagi tajribasi bilan örtoqlaşib, onlayn naşr faoliyatini taşkil etiş, auditoriya bilan samarali muloqot örnatiş va raqamli platformalardan professional foydalanişning muhim jihatlari haqida söz yuritdi.
Mahorat darsi davomida tinglovçilar özlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda zamonaviy media muhitida faoliyat yuritiş böyiça amaliy tavsiyalar bilan tanişdilar.
Manba: Telegram


