
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti vakillari Özbekistondagi Xitoy korxonalariga xorijiy kompleks xizmat körsatiş markazining tantanali oçiliş marosimida iştirok etdi. Tadbirda…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti vakillari Özbekistondagi Xitoy korxonalariga xorijiy kompleks xizmat körsatiş markazining tantanali oçiliş marosimida iştirok etdi.
Tadbirda Özbekistondagi Xitoy tadbirkorlari assotsiatsiyasi vakillari, Xitoy Xalq Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Yuy Szyun, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi vakillari qatnaşdi.
Uçraşuv davomida Özbekiston va Xitoy örtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni yanada rivojlantiriş, mavjud hamkorlikni mustahkamlaş hamda yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş istiqbollari muhokama qilindi. Xususan, Xitoy investitsiyalarini Özbekiston iqtisodiyotiga jalb etiş, xitoylik tadbirkorlar uçun qulay şart-şaroitlar yaratiş va ikki davlat örtasidagi biznes aloqalarini kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.
Mazkur uçraşuv ÖzJOKU uçun Xitoy taşkilotlari va biznes vakillari bilan yangi hamkorlik yönalişlarini yölga qöyiş, ta’lim, media va kommunikatsiyalar sohasidagi aloqalarni rivojlantiriş imkoniyatlarini muhokama qiliş uçun muhim muloqot maydoni böldi.
Manba: Telegram


