
Joriy yilning 15-sentabr kuni Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti vakillari mamlakatimizdagi Möğuliston elçixonasiga taşrif buyurişdi. Mazkur taşrif doirasida ilm-fan, ta’lim va…
Joriy yilning 15-sentabr kuni Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti vakillari mamlakatimizdagi Möğuliston elçixonasiga taşrif buyurişdi. Mazkur taşrif doirasida ilm-fan, ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni kengaytiriş masalalari muhokama qilindi. Uçraşuv ÖzJOKU rektori Şerzodxon Qudratxöja hamda Möğulistonning Özbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Batbaatar Daadankhuu iştirokida bölib ötdi.
Uçraşuv davomida tomonlar Özbekiston va Möğuliston örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantiriş istiqbollarini, xususan, ta’lim, ilm-fan, madaniyat hamda tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylaş sohalaridagi hamkorlik masalalarini muhokama qildilar. Şuningdek, oliy ta’lim muassasalari örtasidagi aloqalarni kengaytiriş, qöşma ta’lim va madaniy taşabbuslarni amalga oşiriş, hamda akademik almaşinuvlarni rivojlantiriş masalalariga alohida urğu berildi.
Uçraşuv davomida Moğul xalqi uçun qadrli bölgan, «Möğullarning maxfiy solnomasi» tarixiy yodgorligini özbek tiliga tarjima qiliş böyiça hamkorlik kelişuviga erişildi. Mazkur noyob yozma manba möğul xalqining tarixi, madaniyati va ma’naviy merosini örganişda muhim ahamiyatga ega.
Bundan taşqari, Möğuliston Özbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elçisi Batbaatar Daadankhuu yaqin vaqt içida Özbekiston Jurnalistika va ommaviykommunikatsiyalar universiteti professor-öqituvçilari va talabalari uçun Mongoliyaning tarixi, madaniyati va boy tarixiy merosiga bağişlangan oçiq dars taşkil etiş taşabbusini ilgari surdi.
Uçraşuv yakunida tomonlar Özbekiston va Möğuliston örtasidagi döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaş, şuningdek, ta’lim, ilm-fan, madaniyat va gumanitar sohalardagi amaliy hamkorlikni kengaytirişga özaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.
Manba: Telegram


