1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Onlayn media hamkorlik ekotizimi: innovatsion yondaşuvlar va raqamli transformatsiya” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi.

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Konferensiya Raqamli media va Internet jurnalistika kafedrasi “Zarra” vizual tadqiqotlar va multimedia loyihalar laborotoriyasi tomonidan taşkil etildi. Unda mahalliy hamda xorijlik olimlar, media vakillari va…

Konferensiya Raqamli media va Internet jurnalistika kafedrasi “Zarra” vizual tadqiqotlar va multimedia loyihalar laborotoriyasi tomonidan taşkil etildi. Unda mahalliy hamda xorijlik olimlar, media vakillari va ekspertlar iştirok etdi.

Global va milliy media makonida axborot iste’moli modeli özgarib, dunyo aholisining 75 foizga yaqini raqamli makonda faol ekani, Özbekistonda esa internet foydalanuvçilarining 90% dan ortiği yangilik va tahliliy kontentni asosan Telegram va Instagram orqali qabul qilayotgani qayd etildi.

Konferensiya doirasida algoritmik jurnalistika va işonç muammosi, sun’iy intellekt asosida yaratilgan kontent, kiberxavfsizlik va Deep Fake’lar şaroitida jurnalistikada yuzaga kelayotgan professional hamda etik masalalar muhokama qilindi. Muhokamalar davomida onlayn media hamkorlik ekotizimini rivojlantiriş, raqamli transformatsiya jarayonlariga moslaşiş va zamonaviy axborot tahdidlariga javob beriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Konferensiya media sohasi vakillari uçun amaliy ahamiyatga ega bölib, jurnalistlar, muharrirlar, media sohasida faoliyat olib borayotgan tadqiqotçilar uçun tajriba almaşiş, dolzarb muammolarni tahlil qiliş hamda raqamli muhitda mas’uliyatli va barqaror media modelini şakllantirişga xizmat qilgani ta’kidlandi.

Manba: Telegram