1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Buyuk ajdodlarimiz bilan bir safda!

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti PR va menejment fakulteti Mediadizayn yönalişi 3-bosqiç talabasi Maftuna Ermatova va 2-bosqiç talabasi Abdusamatov Abduazim tomonidan tayyorlangan…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti PR va menejment fakulteti Mediadizayn yönalişi 3-bosqiç talabasi Maftuna Ermatova va 2-bosqiç talabasi Abdusamatov Abduazim tomonidan tayyorlangan video milliy qadriyatlarimizni yanada yaqqol his qiliş imkonini beradi.

Uşbu ijodiy iş orqali tariximizning yorqin timsollari - Zulfiyaxonim, Nodirabegim, Uvaysiy, Ozod Şarafiddinov va Behbuydiy jonlandi. Har bir timsol nafaqat ötgan avlodlarimizning merosini, balki milliy ruhimizni yoş avlod ongiga yetkazadi.

Videoni yaratişdan asosiy maqsad — yoşlarni milliy qadriyatlarimiz bilan taniştiriş, ularni vatanparvarlik ruhda tarbiyalaş, öz tarixiga hurmat ruhini singdiriş va ijodiy fikrlaşga ilhomlantiriş.

Bizning millatimiz, madaniyatimiz va tariximiz - eng ulug‘ va bebaho boyligimiz. Şu boylikni anglaş, qadrlaş va kelajak avlodga yetkaziş har birimizning mas’uliyati va şarafli burçimizdir!

Videoni Telegram’da köriş

Manba: Telegram