1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Özbekiston delegatsiyasi “Ramadan Suhoor Gathering” xalqaro tadbirida iştirok etdi

2 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston delegatsiyasi "Union of OIC News Agencies" (50 dan ortiq davlatning milliy axborot agentliklarini öz içiga olgan Islom hamkorlik taşkiloti Axborot agentliklari ittifoqi) tomonidan "Muslim World League"…

Özbekiston delegatsiyasi "Union of OIC News Agencies" (50 dan ortiq davlatning milliy axborot agentliklarini öz içiga olgan Islom hamkorlik taşkiloti Axborot agentliklari ittifoqi) tomonidan "Muslim World League" (Butunjahon musulmonlar ligasi) bilan hamkorlikda Saudiya Arabistonining Jidda şahrida taşkil etilgan “Ramadan Suhoor Gathering” xalqaro tadbirida "Islom hamkorlik taşkiloti"ga a’zo 50 dan ortiq mamlakatning milliy axborot agentliklari rahbarlari, turli OAV vakillari singari iştirok etdi.

Özbekiston delegatlari safida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uçun kontent tayyorlaş markazi, Özbekiston Milliy axborot agentligi, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti vakillari ham iştirok etişdi.

Tadbir davomida zamonaviy OAV nafaqat axborot beriş vositasi, balki xalqaro kun tartibini şakllantiruvçi omil, mötadillik madaniyatini mustahkamlaş, dezinformatsiyaga qarşi kuraşiş va tinç-totuv yaşaş qadriyatlarini tarğib qiliş vositasi ekanligi ta’kidlandi.

"Union of OIC News Agencies" Boş direktori Muhammad bin Abdurabbo al-Yami Özbekiston delegatlari bilan bölgan uçraşuvda Özbekistonning jadal rivojlanayotgan media sohasiga ijobiy baho berdi.

Öz navbatida, "IHT Axborot agentliklari ittifoqi" Boş direktori Muhammad bin Abdurabbo al-Yamiga uning xalqaro media hamkorlikni rivojlantirişga qöşgan hissasini e’tirof etiş belgisi sifatida ÖzJOKU Faxriy professori unvonini hamda esdalik sovğasini Özbekiston Milliy axborot agentligi direktori, senator, ÖzJOKU faxriy professori Abdusaid Köçimov topşirdi.

Tadbir davomida Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Islom hamkorlik taşkiloti Axborot agentliklari ittifoqi örtasida istiqbolli hamkorlik yönalişlari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi, özaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama etildi. Şuningdek, uşbu nufuzli xalqaro tadbirdagi iştirok kasbiy aloqalarni mustahkamlaşga va axborot sohasidagi xalqaro hamkorlikni kengaytirişga xizmat qildi.

Manba: Telegram