Derazangdan möralab asta, Gul yuzingdan bölib şikasta, Uzun qişga siltab qölini, Ham qalbingdan boşlab yölini, Töqqiz oyki, yelarmiş bahor , Bugun tunda kelarmiş bahor. Qoru muzni suvga ğarq qilib, Izğirinni…
Derazangdan möralab asta,
Gul yuzingdan bölib şikasta,
Uzun qişga siltab qölini,
Ham qalbingdan boşlab yölini,
Töqqiz oyki, yelarmiş bahor ,
Bugun tunda kelarmiş bahor.
Qoru muzni suvga ğarq qilib,
Izğirinni butkul tark qilib,
Eşitgandek mening nolamni,
Guldastaga örab olamni,
Tuşda boşing silarmiş bahor,
Bugun tunda kelarmiş bahor.
Gözallikni eltib jahonga,
Sano aytib har òtgan onga,
Jamolingga bölib mahliyo,
Istarangdan olgança ziyo
Bizga iqbol tilarmiş bahor,
Bugun tunda kelarmiş bahor.
Unutilar hazonrez kuz,
Tabassuming yuzingga bezak.
Mehrlaring menga oğdirib,
Suvlarini elarmiş bahor,
Bugun tunda kelarmiş bahor.
Hissiyotga töldirib dilni,
Kengaytirib kiçik köngilni,
Duolarga ijobat etib,
Tabiatni çamanzor etib,
Baxtimizdek kularmiş bahor,
Bugun tunda kelarmiş bahor!
Mas’ud Maxsudov
Bahorning ilk kuni qutlug‘ bölsin!
Manba: Telegram


