
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş tizimini joriy etişning taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-5148-sonli qarori ijrosini…
Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholaş tizimini joriy etişning taşkiliy çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-5148-sonli qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida, Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligining topşiriğiga asosan 2024-yil 22-apreldan 22-mayga qadar oliy ta’lim muassasalari talaba-yoşlari örtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari ötkazilişi rejalaştirilgan.
Şu munosabat bilan, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Toşkent şahar sport boşqarmasi bilan hamkorlikda 2024-yil 4-may kuni soat 9:00 dan 9:30 gaçasi badantarbiya maşqlari va 11:00 dan 12:20 gaça jismoniy tayyorgarlik darajasi sport sinovlarini taşkil etdi. Mazkur jismoniy tayyorgarlik sport sinovlarida faqat universitet yotoqxonasi talabalari emas, balki barça universitet talaba-yoşlari ixtiyoriy ravişda iştirok etdilar.
Uşbu ma’lumotlarga tayangan holda şuni ma’lum qilamizki, “Eltuz” telegram tarmoğida berilgan ma’lumotlarga izohlarda universitet yotoqxonasidan foydalanayotgan boşqa talabalar bu sinovlarga qarşi ekanliklarini bildirgan bölsalar-da, yotoqxona şaroitlaridan mamnun ekanliklarini ham ta’kidlab ötganlar.


