
Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida (ÖzJOKU) buyuk qirğiz yozuvçisi Çingiz Aytmatovning 95 yilligiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Uşbu tadbir Xalqaro Issiqköl Forumi…
Bugun Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida (ÖzJOKU) buyuk qirğiz yozuvçisi Çingiz Aytmatovning 95 yilligiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Uşbu tadbir Xalqaro Issiqköl Forumi bilan hamkorlikda "Çingiz Aytmatov va Özbekiston" mavzusida taşkil etildi.
Çingiz Aytmatov, jahon adabiyoti va madaniyatiga ulkan hissa qöşgan yozuvçi sifatida e’tirof etiladi. Tadbirda taniqli mehmonlar iştirok etdi, jumladan, Issiqköl forumining vitse-prezidenti Dinara Jumabayeva, ÖzJOKU rektori, professor Şerzodxon Qudratxöja, Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Zuhriddin Isomiddinov, Xalqaro Çingiz Aytmatov Akademiyasi akademigi, yozuvçi va şoir Nurali Qobul hamda Özbekistondagi Qirğiziston Respublikasi elçixonasi elçi maslahatçisi Baxit Asangul.
Tadbir davomida tomoşabinlarga Çingiz Aytmatovning maşhur "Jamila" qissasi asosida yaratilgan myuzikl namoyiş etildi. Şuningdek, Dinara Jumabayeva ijodiga bağişlangan şişada tasvirlangan mozaika körgazmasi taqdim etildi. Bu tadbir orqali Çingiz Aytmatovning ijodiy merosi yana bir bor yuksak qadrlanib, uning asarlari va faoliyati yodga olindi.


