
Milliy statistika qömitasi iqtidorli talabalarni aniqlaş, ularni rağbatlantiriş hamda istiqbolli kadrlar zaxirasini şakllantiriş maqsadida Milliy statistika qömitasi stipendiyasi tanlovini e’lon qildi. 🫂 Kimlar…
Milliy statistika qömitasi iqtidorli talabalarni aniqlaş, ularni rağbatlantiriş hamda istiqbolli kadrlar zaxirasini şakllantiriş maqsadida Milliy statistika qömitasi stipendiyasi tanlovini e’lon qildi.
🫂 Kimlar iştirok etişi mumkin?
Özbekiston hududidagi oliy ta’lim taşkilotlarida kunduzgi ta’lim şaklida, bakalavriatning 4-bosqiçi va magistraturada tahsil olayotgan, quyidagi yönalişlarda tahsil olayotgan talabalar:
➡️statistika
➡️iqtisodiyot
➡️moliya
➡️axborot texnologiyalari
➡️ma’lumotlar ilmi va tahlili (Data Science & Analytics)
📊 Tanlov 3 bosqiçda ötkaziladi:
↪️1-bosqiç – hujjatlarni taqdim etiş va körib çiqiş (saralaş bosqiçi);
↪️2-bosqiç – nazariy bilimlarni baholaş testlari (statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlaş, IQ);
↪️3-bosqiç – tanlov komissiyasi a’zolari bilan suhbat.
📄 Hujjatlarni topşiriş tartibi
Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF formatda 2026-yil 25-sentyabr kuni soat 18:00 ga qadar kadr@stat.uz elektron poçta manziliga yuborişlari lozim.
📃 Taqdim etiladigan hujjatlar:
➡️Ma’lumotnoma (CV, boğlaniş uçun aloqa ma’lumotlari bilan);
➡️Akademik reyting körsatkiçlari (akademik ma’lumotnoma);
➡️Xorijiy tillarni biliş böyiça hujjatlar;
➡️Ilmiy-tadqiqot işlari böyiça hujjatlar (mavjud bölsa);
➡️Erişilgan yutuqlar va ijtimoiy faollik böyiça ma’lumotlar hamda tasdiqlovçi hujjatlar (mavjud bölsa).
🏆 Tanlov natijalariga köra 10 nafargaça ğolib aniqlanadi. Ğoliblarga 2026/2027-öquv yilining oktyabr–may oylari davomida BHMning 3 barobari miqdorida stipendiya tölab beriladi.
Qöşimça ma’lumot uçun:
☎️ +99871-203-8000 (içki raqam: 1464)
🗣Eslatma: Tanlovning töliq şartlari, bosqiçlari va baholaş mezonlari Milliy statistika qömitasi stipendiyasi nizomida batafsil keltirilgan.
Asl xabar: Edu.uz
Manba: Telegram


