
Bu safarimizning asosiy maqsadi — Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bölgan UCSI University bilan özaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş. 🇲🇾 UCSI University…
Bu safarimizning asosiy maqsadi — Malayziyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bölgan UCSI University bilan özaro manfaatli va uzoq muddatli hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş.
🇲🇾 UCSI University — Malayziyaning nufuzli universitetlaridan biri bölib, dunyoning 120 dan ortiq mamlakatidan talabalarni qabul qiladi. Asosiy kampusi Kuala-Lumpur şahrida joylaşgan. Universitetda bakalavr va magistratura bosqiçlarida 150 dan ortiq ta’lim dasturlari mavjud.
📚Asosiy yönalişlar:
• Kompyuter savodxonligi & IT
• Biznes va menejment
• Muhandislik
• Tibbiyot
• Farmasevtika
• Arxitektura
• Turizm
• Musiqa, san’at va dizayn
Ta’limning köplab dasturlari ingliz tilida olib boriladi. Talabalar xalqaro muhitda tahsil oliş va turli davlatlardan kelgan yoşlar bilan birga öqiş imkoniyatiga ega.
UCSI University xalqaro reytinglarda ham yuqori natijalarga ega. QS World University Rankings 2027 reytingida universitet 260-örinni egallagan.
Bizning UCSI University bilan uçraşuvimiz esa yangi imkoniyatlar sari muhim qadamdir. Kelgusida özaro hamkorlik doirasida ÖzJOKU talabalari uçun xalqaro ta’lim imkoniyatlarini kengaytiriş, akademik almaşinuv, qöşma loyihalar va boşqa istiqbolli yönalişlarni rivojlantirişni maqsad qilganmiz.
———————————————
Şerzodxon Qudratxöjaning
Asl xabar: Şerzodxon Qudratxöja
Manba: Telegram


