1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Fotolavha — 16.04.2026

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ Polşaning Pomeraniya universiteti bilan hamkorlik örnatildi Samarqand şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari Kongressi doirasida Özbekiston jurnalistika va ommaviy…

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Polşaning Pomeraniya universiteti bilan hamkorlik örnatildi

Samarqand şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari Kongressi doirasida Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti delegatsiyasi xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytiriş borasida yana bir muhim kelişuvga erişdi. ÖzJOKU hamda Polşaning Slupsk şahrida joylaşgan Pomeraniya universiteti (Pomeranian University in Słupsk) örtasida istiqbolli hamkorlik yönalişlari belgilab olindi.

ÖzJOKU rektori Şerzodxon Qudratxöja hamda Pomeraniya universiteti rektori Zbignev Asadovski örtasida bölgan uçraşuv natijasida tomonlar örtasida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.

Mazkur hujjat doirasida sotsiologiya, psixologiya, filologiya hamda siyosatşunoslik yönalişlarida hamkorlikni rivojlantiriş, qöşma ilmiy tadqiqotlar olib boriş, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvini yölga qöyiş masalalarida kelişuvga erişildi.

1 / 3

Manba: Telegram