1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Fotolavha — 15.04.2026

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ ÖzJOKUning xalqaro hamkorlari yana bittaga ortdi Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Samarqand şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo — Yevropa ittifoqi universitetlari…

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

ÖzJOKUning xalqaro hamkorlari yana bittaga ortdi

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Samarqand şahrida bölib ötgan Markaziy Osiyo — Yevropa ittifoqi universitetlari Kongressi doirasida "University of Economics in Katowice" bilan özaro hamkorlik aloqalarini örnatdi.

Hamkorlikning asosiy e’tibori media va kommunikatsiya sohalariga qaratilgan bölib, quyidagi yönalişlarda qöşma faoliyat olib boriş rejalaştirildi:
— jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida tajriba almaşiş;
— media tadqiqotlar va ilmiy loyihalarni birgalikda amalga oşiriş;
— professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvi dasturlarini yölga qöyiş;
— raqamli media, PR va zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari böyiça qöşma ta’lim dasturlarini işlab çiqiş.

Şu bilan birga, bu aloqalar ikki universitet örtasida ilmiy, madaniy va akademik integratsiyani kuçaytirib, Özbekiston va Yevropa örtasidagi ta’limiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqadi.


University of Economics in Katowice — Yevropaning iqtisodiyot va menejment sohasida yuqori nufuzga ega oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. 1937-yilda taşkil etilgan uşbu universitet bugungi kunda zamonaviy ta’lim tizimi, xalqaro reytinglardagi barqaror örni hamda amaliyotga yönaltirilgan öquv dasturlari bilan ajralib turadi. Universitet Yevropa ta’lim makonida raqobatbardoş mutaxassislar tayyorlaydigan muhim ilmiy markaz sifatida e’tirof etilgan.

1 / 7

Manba: Telegram