
Uşbu asbob-uskunalar işga tuşirilgandan söng, ular töğridan-töğri oliy ta’lim muassasasining öquv jarayoni va amaliy maşğulotlariga jalb etiladi, bu esa talabalarning amaliy könikmalari, kasbiy darajasini…
Uşbu asbob-uskunalar işga tuşirilgandan söng, ular töğridan-töğri oliy ta’lim muassasasining öquv jarayoni va amaliy maşğulotlariga jalb etiladi, bu esa talabalarning amaliy könikmalari, kasbiy darajasini sezilarli darajada oşirişga, sanoat talablariga javob beradigan media kadrlarni tayyorlaş uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga imkon beradi.
Marosimda sözga çiqqan janob elçi Yuy Szyun "Asia Trans Gas" MÇJ qöşma korxonasi ikki mamlakat energetika hamkorligining muhim natijasi hamda Xitoy- Özbekiston örtasidagi özaro işonç va manfaatli munosabatlar namunasi ekanligini ta’kidladi.
Uning sözlariga köra, uşbu taşabbus qöşma korxonaning mahalliy hamjamiyatda ildiz otgan va uning rivojlanişiga hissa qöşadigan kompaniya sifatidagi mas’uliyatini töliq namoyiş etadi hamda gumanitar almaşinuvlarni çuqurlaştiriş, ikki mamlakat xalqlarini yaqinlaştiriş uçun ijobiy ahamiyatga ega.
"Asia Trans Gas" MÇJ QK boş direktori Lyu Çjiguan öz nutqida korxona haqiqiy media mutaxassislari faqat amaliy faoliyat jarayonida ösişi mumkinligiga işonç hosil qilganini ta’kidladi.
"Biz körgazma uskunalarini emas, balki ta’lim va amaliyotga yönaltirilgan ta’lim platformasini taqdim etmoqdamiz," - dedi u.
ÖzJOKU rektori, prof. dr. Şerzodxon Qudratxöja "Asia Trans Gas" MÇJ QKga sovğa uçun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Uning ta’kidlaşiça, uşbu qöllab-quvvatlaş universitetning moddiy-texnik bazasini yaxşilaş va kadrlar tayyorlaşga yangi turtki berib, OTM va QK örtasida mediata’limni modernizatsiya qilişga kömaklaşiş böyiça hamkorlikni çuqurlaştirişning muhim amaliyotiga aylandi.


