
Bugun Xitoy Xalq Respublikasining Özbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elçisi janob Yuy Szyun iştirokida "Asia Trans Gas" MÇJ QK Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga…
Bugun Xitoy Xalq Respublikasining Özbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elçisi janob Yuy Szyun iştirokida "Asia Trans Gas" MÇJ QK Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga telestudiya uçun zamonaviy media uskunalar töplamini topşirdi.
Uşbu taşabbus qöşma korxonaning öz ijtimoiy mas’uliyatini faol bajariş va mahalliy ta’lim tizimini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş doirasidagi navbatdagi amaliy qadami, şuningdek, gumanitar almaşinuvlarni çuqurlaştiriş hamda Xitoy va Özbekiston örtasidagi hamkorlikning döstona asosini mustahkamlaşning yorqin dalili böldi.
Telestudiya uçun sovğa qilingan uskunalar professional 4K kameralari, intellektual yoritiş tizimi, virtual studiya texnologiyasi, professional eşittirişlarni nazorat qiliş uskunalari va studiya audiotizimi - bularning barçasi media sanoatida keng qöllaniladigan ilğor texnologiyalar.
Uskunalar işga tuşirilgandan söng, ular töğridan-töğri oliy ta’lim muassasasining öquv jarayoni va amaliy maşğulotlariga jalb etiladi, bu esa talabalarning amaliy könikmalari va kasbiy darajasini sezilarli darajada oşirişga, sanoat talablariga javob beradigan media kadrlarni tayyorlaş uçun qulay şart-şaroitlar yaratişga imkon beradi.
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining ilğor uskunalar bilan jihozlangan mazkur telestudiyasi Xitoy va Özbekiston madaniyatlarini boğlovçi yangi köprik böladi.


