
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida PR va menejment fakulteti talabalari uçun mazmunli va qiziqarli uçraşuv taşkil etildi. Uşbu uçraşuv nafaqat bilim almaşiş, balki yoşlarning…
Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida PR va menejment fakulteti talabalari uçun mazmunli va qiziqarli uçraşuv taşkil etildi. Uşbu uçraşuv nafaqat bilim almaşiş, balki yoşlarning kasbiy yönalişlarini aniqlaşda muhim platformaga aylandi.
Tadbir mehmoni — novator Murodilla Alimbayev özining boy amaliy tajribasi, kasbiy faoliyati davomida duç kelgan sinov va muvaffaqiyatlari haqida samimiy sözlab berdi. U PR va menejment sohalarining bugungi kundagi örni, zamonaviy mehnat bozori talablari hamda raqobatbardoş mutaxassis böliş uçun zarur könikmalar haqida batafsil töxtalib ötdi.
Uçraşuv davomida talabalar özlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob oliş imkoniga ega bölişdi. Ayniqsa, real hayotiy misollar asosida berilgan tavsiyalar, şaxsiy rivojlaniş, töğri qaror qabul qiliş va liderlik könikmalarini şakllantirişga oid fikrlar yoşlar uçun katta ahamiyat kasb etdi.
#yoşlarkuni
Manba: Telegram


