1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

YOŞLAR GIYOHVANDLIKKA QARŞI!

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Yoşlar giyohvandlikka qarşi” şiori ostida profilaktik tadbir ötkazildi. Tadbirda universitet rahbariyati hamda Yunusobod tumani içki işlar…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Yoşlar giyohvandlikka qarşi” şiori ostida profilaktik tadbir ötkazildi.

Tadbirda universitet rahbariyati hamda Yunusobod tumani içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi boşliği örinbosari, podpolkovnik J. Ş. Mirsolixov iştirok etdi.

Uçraşuv davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-207-son Farmoni mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berildi. Mazkur Farmon aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatlardan samarali himoya qiliş, giyohvandlikning oldini oliş va noqonuniy moddalar aylanişiga qarşi kuraşiş böyiça kompleks çora-tadbirlarni amalga oşirişga qaratilgan.

Şuningdek, giyohvandlik vositalarining inson salomatligi, oila va jamiyatga salbiy ta’siri, ularni saqlaş va tarqatiş bilan boğliq huquqiy javobgarlik çoralari haqida tuşuntirişlar berildi. Ayniqsa, yoşlarning ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlar orqali tarqaladigan şubhali takliflardan ogoh bölişi, huquqiy savodxonligini oşirişi hamda noqonuniy faoliyatga aralaşmasligi muhimligi ta’kidlandi.

Tadbirda talaba-yoşlar örtasida soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, böş vaqtni mazmunli taşkil etiş va huquqbuzarliklarning oldini oliş masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Manba: Telegram