
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti kutubxonasida siyosiy fanlar doktori, professor Alişer Ğafforoviç Muminovning “Yangi Özbekistonning ma’naviy-madaniy sohadagi milliy siyosati” nomli…
Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti kutubxonasida siyosiy fanlar doktori, professor Alişer Ğafforoviç Muminovning “Yangi Özbekistonning ma’naviy-madaniy sohadagi milliy siyosati” nomli monografiyasi taqdimotiga bağişlangan ilmiy-jamoatçilik tadbiri bölib ötdi.
⏺Tadbir Özbekiston Milliy universiteti, Özbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoşlar masalalari böyiça qömitasi, Inson huquqlari böyiça Özbekiston Respublikasi Milliy markazi, Özbekiston faylasuflari milliy jamiyati hamda Barqaror rivojlaniş markazi hamkorligida taşkil etildi.
⏺Unda yetakçi siyosatşunoslar, faylasuflar, huquqşunoslar, tarixçilar, davlat boşqaruvi va millatlararo munosabatlar sohasida faoliyat yuritayotgan ekspertlar, yoş tadqiqotçilar, şuningdek, milliy madaniy markazlar vakillari iştirok etdi.
⏺Tadbirda Yangi Özbekistonda ma’naviy-madaniy sohada amalga oşirilayotgan milliy siyosatning nazariy-metodologik asoslari, uning amaliy ahamiyati hamda jamiyat taraqqiyotidagi örni yuzasidan fikr almaşildi.
Batafsil 👉 nuu.uz
Manba: Telegram


