1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

YANGI ÖQUV YILI BOŞLANDI!

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "ÖzJOKU — insonlar va bilimlar uçraşadigan maskan" nomli 2025-2026-öquv yili tantanali tarzda boşlandi. Universitet hovlisida yiğilgan talabalar…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida "ÖzJOKU — insonlar va bilimlar uçraşadigan maskan" nomli 2025-2026-öquv yili tantanali tarzda boşlandi. Universitet hovlisida yiğilgan talabalar va ota-onalarning yuzi hayajon, quvonç va yangi umidlar bilan töldi.

Tadbirni universitet rektori, professor, doktor Şerzodxon Qudratxöja oçib berib, yoşlarga öz samimiy tilaklarini yölladilar, sözlarida bilim izlaş yölida qat’iyatli böliş, yangi marralarni egallaş va Vatan ravnaqi uçun munosib bölib yetişiş muhimligi alohida ta’kidladilar.

Tantanada nafaqat yangi qadam qöygan birinçi bosqiç talabalari, balki yuqori kurslarda tahsil olayotgan talaba-mentorlar ham iştirok etişdi. Şuningdek, ota-onalar va professor-öqituvçilar iştirokida iliq muhit, samimiyat va öziga xos bayramona kayfiyat hukm surdi.

Yangi öquv yili — bu yangi imkoniyatlar, yangi marralar va yangi orzular sari taşlangan qadam. Universitetimiz jamoasi barça talabalarimizni uşbu muhim kun bilan tabriklaydi hamda ularga muvaffaqiyatli, sermazmun va yutuqlarga boy öquv yilini tilaydi!