1. Boş sahifa
  2. Yangiliklar

Yangi nomzod işga qabul qilindi

1 daqiqa öqiladiMatbuot xizmati
Ikki universitet rektorlari hamkorlik memorandumini imzolamoqda

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş, ularning ijtimoiy-ma’naviy hayotini qöllab-quvvatlaş hamda ta’lim jarayonidagi faolligini…

Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar bilan işlaş tizimini yanada takomillaştiriş, ularning ijtimoiy-ma’naviy hayotini qöllab-quvvatlaş hamda ta’lim jarayonidagi faolligini oşiriş maqsadida tyutorlik faoliyati yölga qöyilgan.

📌 Tyutor lavozimiga tanlov asosida qabul qilingan nomzod: Miragzamov Mirtursun Alişer öğli

Nomzodni tanlab oliş jarayonida uning belgilangan talablarga muvofiqligi, talabalar bilan işlaş qobiliyati, muloqot könikmalari, mas’uliyat va taşabbuskorligi, şuningdek, tyutorlik faoliyatini samarali taşkil etiş imkoniyatlari körib çiqildi.

Tyutorning asosiy vazifalari:
▪️ talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi iştirokini muntazam örganiş;
▪️ talabalarning özlaştirişi, davomati va ijtimoiy faolligini monitoring qiliş;
▪️ talabalar bilan individual va guruh şaklida işlaş;
▪️ talabalarning muammolari, taklif va murojaatlarini örganiş hamda ularni hal etişga kömaklaşiş;
▪️ talabalarning ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va ijtimoiy tadbirlardagi iştirokini ta’minlaş;
▪️ ijara xonadonlari hamda talabalar turar joylarida yaşayotgan talabalar bilan tizimli işlaş;
▪️ ehtiyojmand va alohida e’tibor talab qiladigan talabalarni aniqlaş hamda ular bilan individual işlaş;
▪️ talabalarni universitetda yaratilgan imkoniyatlar, mavjud xizmatlar va qöllab-quvvatlaş mexanizmlaridan samarali foydalanişga yönaltiriş.

Universitetda tyutorlik faoliyatini oçiq va şaffof taşkil etiş, nomzodlarni belgilangan mezonlar asosida saralaş hamda tanlov natijalari töğrisidagi ma’lumotlarni jamoatçilikka yetkazib boriş işlari izçil davom ettiriladi.

Manba: Telegram